Qanday qilib doimiy band ish sharoitida ham yangi texnologiyalardan xabardor bo'lib turish mumkin? (practical)
Bugun meni ishga intervyu qilgan akadan so'radim: "Qanday qilib shunchali ish ko'p, band bo'lsangiz ham texnologiyalar bo'yicha yangiliklardan doim xabardorsiz?"
Chunki meni intervyu qilganda, Nextjs bilaman desam endigina chiqqan Parallel routing, Tailwindni uncha yaxshi bilmayman, lekin Sassdan yaxshiman desam CSS'da yangi chiqqan yana nimadir hullas shu kabi narsalarni so'rab hayron qoldirgandi.
Javobi: doimiy ravishda foydali maqolalar o'qib borish deb aytti. Yanada osonroq bo'lishi uchun o'zimizni shu maqolalar, yangiliklarga boy muhitga o'rashimiz kerak.
Huddi shu javobni yana bir men juda kuchli dasturchi deb hisoblaydigan Elyor aka ham aytgandi.
Bu narsa menga atomic habitsdagi "4 laws of behavior change" (uzr buni yaxshi tarjima qila olmadim) ni eslatib yubordi. Unda:
1) Make it obvious - aniq qilib qo'ying
2) Make it attractive - o'ziga tortadigan qilib qo'ying
3) Make it easy - oson qilib qo'ying
4) Make it satisfying - buni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qila olmadim, bu joyda bir vazifani bajargandan keyin, nimadir foyda olish sababli "maza qilish" nazarda tutilgan.
Birichi qoidadagi kabi maqola o'qishni aniq, doim ko'zimiz tushib turadigan qilib qo'yishimiz kerak. Bu uchun bizga daily.dev extensioni yordam beradi. Uni brauzerimizga o'rnatib olganimizdan keyin, har yangi tab ochilgandan filterimizdan kelib chiqib foydali maqolalarni chiqarib turadi.
Xullas maqolam Alisher Navoiyni "Xamsa" asari kabi uzun qilib yozib yuborgan bo'lsam ham foydali bo'ldi deb umid qilaman. So bo'laslar 😎
@islombekdev
Post #204
688