Ish staji, pensiya deb harakat qiladiganlarni umuman tushunmayman. Kim menga shu mavzuda gap ochsa, ularga maslahat beraman:
Aytaylik, sen 30 yoshda boʻlsang va kichik miqdorda doimiy investitsiya qilib borsang, shu toʻgʻri emasmi?
Masalan, 30 yoshli inson har oy atigi 500 ming so‘mdan muntazam investitsiya qilib borsa va bu mablag‘ga tegmasa:
📌 25 yil davomida o‘zidan kiritgan puli: 150 mln so‘m.
Agar investitsiya o‘rtacha yiliga 20% daromad bersa, murakkab foiz hisobiga 55 yoshga kelib kapitali taxminan 3 mlrd so‘m atrofida bo‘ladi.
— Investitsiya kiritgan joyim 25 yil ishlashiga kafolat bormi?
— 30 yoshli sen: yana 25 yil yashashingga kafolat bormi!?
— Investitsiya xavfliga oʻxshayapti-da, boshqa variant yoʻqmi?
— Bor, farzandlar. Ular senga qariganingda gʻamxoʻrlik qilishi mumkin. Lekin bunda ham kafolat yoʻq: 20 yildan keyin chet ellarga oʻxshab, bolalar ota-onasi haqida oʻylamay qoʻyishi mumkin. Oilali boʻlib, oʻzidan orttirolmay qolishi mumkin...
— Haa, bu gaplaringda ham jon bor.
— Pensiya haqida nega oʻylayverasan, odamga 55 yoshdan keyin koʻp narsa kerak boʻlmaydi. Oz-ozdan investitsiya qilaver, qariganda birovga kuning qolmaydi, Xudo xohlasa.
© Foydali Moliya
@ishcomuz