TGViewer
Ishcom | Vakansiyalar Ishcom | Vakansiyalar @ishcomuz · 36.1K subscribers
Post #5237 12K
Headhunter (hh.uz) saytida vakansiyalarni ko’rayotganingizda, sarlavhadagi katta raqamlarga uchib, darrov quvonishga shoshilmang, do’stlar. Hozir nima demoqchiligimni bitta misolda tushuntirib beraman.

Skrinshotlarga e’tibor bering:
Vakansiya sarlavhasida oylik 15 000 000 – 30 000 000 so’m deb ko’rsatilgan. Lekin ichiga kirib, tavsifini (описание) o’qisangiz, u yerda daromad 1 000 dan 5 000 AQSh dollarigacha deb yozib qo’yilgan.

Bir qarashda hisob-kitob to’g’ri kelayotgandek tuyulishi mumkin, lekin bu yerda juda katta bitta "lekin" bor.
Sarlavhada yozilgan 15-30 mln so'm — bu siz ish boshlashingiz bilan naqd qo'lingizga tegadigan aniq (fiksirlangan) summa emas!

Aslida sizning fiks oyligingiz bor-yo'g'i 2 yoki 3 mln so’m bo’lishi, qolgan qismi esa faqatgina KPI, sotuv rejalari va bonuslar hisobiga shakllanishi mumkin. Ya'ni, rejani bajarsangiz olasiz, bajara olmasangiz — o'sha kichkina fiks bilan qolib ketasiz.

Kompaniyalar nima uchun bunday qilishadi?

1) E’tiborni tortish (Klikbeyt): Vakansiyalar orasida filtr qo'yilganda yuqoriroq chiqish va ko'proq odamni jalb qilish uchun eng maksimal, ideal holatdagi raqamlarni sarlavhaga chiqarishadi.

2) Motivatsiya: "Agar astoydil ishlasang, shuncha topishing mumkin" degan signalni berishga harakat qilishadi.

Do’stlar, agar ishga rostdan kirishni istasangiz va keyinchalik aldanib qolmaslikni xohlasangiz, suhbat jarayonida oylik masalasini yaaaxshilab aniqlashtirib oling.

Kompaniyadan aniq so'rang: "Fiks (kafolatlangan) qismi qancha va KPI shartlari qanday?"

© Karyerist

@ishcomuz
  • ❤ 36
  • ⚡ 14
  • 🔥 11
  • 👍 1
  • 🤩 1
  • 💯 1
More from @ishcomuz
  1. Oct 7, 2026@ishcomuz kanali sotiladi 4-5 yillik mehnatim ketgan. Mijozlari bor, passiv 1-2 mln kelib…
  2. Oct 3, 2026Tashkent WH mehmonxonasi (Xitoyga tegishli) | Bir nechta lavozim mavjud 【1-lavozim】Qabulxo…
  3. Sep 30, 2026Тиббиётдаги 6 йиллик умр учун сочим қалинлигида ўзимга берадиган «the most» туркумидаги ма…
  4. Sep 26, 2026📌Revit oil korxonasiga Omborda yuk tashuvchi kerak 📣Imkoniyatlar: Doimiy ish oʻrni, Tush…
  5. Sep 25, 2026📢 VAKANSIYA: Call-markaz operatori Jamoamizga faol va mas'uliyatli operator kerak. 🔹 Vaz…
  6. Sep 24, 2026Post #5289
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →