🚀 #MirzoUlugbekVorislari
🌟 Norin tumanida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📍 Namangan viloyatining Norin tumanida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
👩💻👨🔬 Tanlovda 40 nafarga yaqin innovatsion g‘oya va ilmiy ishlanmalarga ega yoshlar ishtirok etib, o‘z loyihalarini hakamlar hayʼatiga taqdim etdilar.
💡 Yoshlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar ilmiy yangiligi, amaliyotga joriy etish imkoniyati hamda innovatsion yechimlariga ko‘ra baholandi.
🏆 Hakamlar hayʼati xulosasiga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tuman bosqichi g‘oliblari deb topildi:
🥇 Yo‘ldasheva Umida
🥇 O‘rmonjanov Azizbek
🥇 Turg‘unova Aziza
🥇 Mirzayeva Ruxshona
🥇 Mamadaliyev Zayniddin
🎖 G‘oliblar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, tegishli sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
🌱 Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini namoyon etish hamda mamlakatimizda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Post #2182
552










- 👍 1