TGViewer
invaluable | Chet elda o'qish invaluable | Chet elda o'qish @invaluableuz · 5.54K subscribers
Post #671 894
🇪🇺Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) ga bosqichma-bosqich qadam: Qanday to'g'ri dastur tanlash mumkin

Demak, siz EMJM katalogini ochdingiz va ko‘plab qiziqarli dasturlarni topdingiz. Endi-chi? Endi nima qilasiz?

Ularni quyidagicha saralash mumkin 👇

🔍 1. O‘z ta’lim yo‘nalingiz bo‘yicha filtrlang
Muhandislik, iqtisodiyot, ekologiya, ommaviy axborot vositalari kabi kalit so‘zlar orqali filtirlang va qidiruv doirasini yaxshilang.

🌍 2. Ishtirokchi universitetlar va mamlakatlarni ko‘rib chiqing
Har bir EMJM kamida 2-3 ta hamkor universitetga ega. O‘zingizga shunday savollar bering:
— Qayerda o‘qishni va yashashni istaysiz?
— Bu universitetlar sizning sohangizda kuchlimi?
— Aniq bu loyiha sizga kerakli narsalarni beroladimi?


📚 3. O‘quv dasturini o‘rganing
Har bir EMJM o'ziga yarasha noyobdir. Ba’zilari tadqiqotga yo‘naltirilgan, boshqalari amaliy. Kurs modullarini va dissertatsiya talablarini diqqat bilan tanishib chiqing.

📆 4. Ariza topshirish muddati va talablarini tekshiring
Muddatlar har xil bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi dasturlar ro‘yxatini tuzing va ularning quyidagi ma’lumotlarini kuzatib boring:
— Boshlanish sanasi
— Tugash muddati
— Talab qilinadigan hujjatlar


🎓 5. Karyera maqsadlaringiz haqida ham o‘ylab ko‘ring
Dastur sizni sohangizga ixtisoslashtirishi mumkinmi? PhD uchun yo‘l ochadimi? Xalqaro miqyosda ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni beroladimi?

📝 Qo‘shimcha maslahat:
O‘zingizga yoqqan dasturlar haqida elektron jadval tuzing: loyihaga havola, muddatlar, kerakli hujjatlar, aloqa ma’lumotlari kabi zarur narsalarni yig'ib boring. Muhimi tartibli bo‘ling!

Batafsil | English

@invaluableuz
  • ❤ 18
  • 🔥 2
  • 💯 1
More from @invaluableuz
  1. Sep 18, 2026🛫Tekinga sayohat qilishni hohlovchilar qo'shilib olishingiz mumkin yopiq guruhga 👇🏼 htt…
  2. Sep 4, 2026🇵🇹 Portugaliyada o‘qish Niderlandiya, Fransiya, AQSh, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya…
  3. Aug 28, 2026«Qaysi davlatlarda stipendiya bor?» 👀 Javob: hammasi profil va strategiyangizga bogʻliq.…
  4. Aug 24, 2026🔥 Kuchli Passion Project qanday bo‘ladi? Universitetga topshirishda shunchaki “biror loyi…
  5. Aug 18, 2026Bugun volunteerlik bo’yicha dars o’tib beraman, shu kanalga qo’shilvolilar https://t.me/+f…
  6. Jul 15, 2026Rostini aytsam, internetda hamma narsa bor. Volontyorlik dasturlarini topish ham mumkin, a…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →