🇵🇹 Portugaliyada o‘qish
Niderlandiya, Fransiya, AQSh, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya va Shveytsariya haqida gaplashdik. Bugun esa navbat — Portugaliyaga 🇵🇹
Portugaliya so‘nggi yillarda xorijlik talabalar orasida ancha ommalashmoqda. Bunga ta’lim sifati, G‘arbiy Yevropadagi boshqa davlatlarga nisbatan nisbatan qulay xarajatlar va yaxshi iqlim sabab bo‘lmoqda.
1️⃣ Ta’lim
Portugaliyadagi universitetlarda xalqaro talabalar uchun turli xil dasturlar mavjud. Ayniqsa magistratura bosqichida ingliz tilidagi dasturlarni topish osonroq.
Asosiy yo‘nalishlar:
🔵 Biznes va iqtisodiyot
🔵 Kompyuter fanlari va AI
🔵 Muhandislik
🔵 Turizm va mehmondo‘stlik
🔵 Iqtisodiyot
Bundan tashqari, talabalar Erasmus+ kabi almashinuv dasturlarida ham qatnashishlari mumkin.
2️⃣ Qabul uchun qanday hujjatlar kerak?
🎓 Bakalavriat uchun:
🔵 Maktab attestati
🔵 IELTS/TOEFL yoki portugal tili bo‘yicha sertifikat
🔵 Motivatsion xat — ayrim universitetlarda
🔵 CV — ayrim hollarda
🔵 Ba’zi dasturlarda qo‘shimcha imtihon yoki suhbat
🎓 Magistratura uchun:
🔵 Bakalavr diplomi
🔵 IELTS/TOEFL yoki portugal tili bo‘yicha sertifikat
🔵 Motivatsion xat
🔵 CV
🔵 Tavsiyanomalar — ayrim dasturlarda
🔵 Ba’zi yo‘nalishlarda suhbat, portfolio yoki GMAT/GRE
3️⃣ Portugaliyadagi mashhur universitetlar
❣️ University of Porto
❣️ University of Lisbon
❣️ NOVA University Lisbon
❣️ University of Coimbra
❣️ University of Aveiro
❣️ ISCTE – University Institute of Lisbon
4️⃣ O‘qish va yashash xarajatlari
Portugaliya G‘arbiy Yevropadagi nisbatan qulay davlatlardan biri hisoblanadi.
🏫 Davlat universitetlarida kontrakt odatda yiliga €700–7 000 atrofida bo‘ladi. Narx universitet, yo‘nalish va talabaning fuqaroligiga qarab farq qiladi.
🏡 Yashash xarajatlari esa shaharga va turar joy turiga qarab oyiga taxminan €700–1 300 bo‘lishi mumkin.
5️⃣ Stipendiyalar
Portugaliyada ta’lim xarajatlarini qoplashga yordam beradigan turli imkoniyatlar mavjud:
✳️ Universitet stipendiyalari
✳️ Portugaliya davlat stipendiyalari
✳️ Erasmus+ dasturi
✳️ Turli fond va ilmiy tashkilotlar grantlari
✳️ Magistratura va PhD uchun grantlar
6️⃣ O‘qish paytida va undan keyin ishlash
🔵 Xorijiy talabalar o‘qish davomida qonuniy ravishda ishlashlari mumkin.
🔵 Ayrim universitet va dasturlarda kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyati ham mavjud.
🔵 O‘qishni tugatgandan keyin ish qidirish va mamlakatda professional faoliyatni davom ettirish imkoniyatlari mavjud.
Ayniqsa IT, muhandislik, biznes, turizm, sog‘liqni saqlash va qayta tiklanuvchi energiya sohalarida mutaxassislarga talab yuqori.
💡 Qiziqarli faktlar
🔵 University of Coimbra 1290-yilda tashkil etilgan va Yevropadagi eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi.
🔵 Portugaliya xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi.
🔵 Lissabon Yevropadagi texnologik va startap markazlaridan biri. Shaharda har yili dunyodagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — Web Summit o‘tkaziladi. Bizning kompaniyamiz ham ushbu tadbirda ishtirok etgan ☺️🔥
🇵🇹 Yevropada o‘qish haqida o‘ylayapsizmi?
P.S. Keyingi postda qaysi davlat haqida yozishimizni xohlaysiz? Kommentariyada yozib qoldiring — eng ko‘p so‘ralgan davlatlarni navbat bilan ko‘rib chiqamiz 🖍️
Post #669
3.73K
- ❤ 28
- 🔥 8
- 💘 4
- 💯 2