⚡️ Joan Rouling “Garri Potter” olami bo‘yicha ikkita yangi kitob chop ettiradi!
Professor Minerva Makgonagall hamda egizaklar Fred va Jorj Uizli haqida hikoya qiluvchi kitoblar fevral oyida “Bloomsbury Publishing” nashriyotida chop etiladi, deb yozadi Collider.
Ular franshizaning sevimli qahramonlari haqidagi sara iqtiboslar va qiziqarli faktlar jamlangan rasmli qo‘llanmalar — “Pocket Potters” turkumidan joy oladi.
Bungacha Garri, Ron Uizli, Germiona Greyndjer, Polumna Lavgud va professor Albus Dambldor haqidagi to‘plamlar nashr etilgan edi.
Fred va Jorj haqidagi son uchun illyustratsiyalarni rassom Xelen Bredi chizgan, Minerva Makgonagall haqidagi kitobni esa Natali Smilli bezatgan.
@insusambil
Post #9209
1.58K



- ❤🔥 16
- 🔥 9
- ❤ 4
- 😱 3
- 👍 2