TGViewer
Channel Public Channel
"INNOVATOR" jurnali

"INNOVATOR" jurnali

@innovatorjurnali

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr


🎓Ma’lumotlarni ushbu kanalga havola bergan holda olishingiz mumkin.
📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92
@innovator_jurnali
Subscribers
952
Photos
2.1K
Videos
601
Links
1.8K
Recent Posts 19 shown
Post #3127 64
Tog‘-kon uskunalarining umrini uzaytiruvchi ixtiro

«Kelajak muhandislari» respublika ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi ixtiro — talaba» nominatsiyasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi talabasi Bekzod G‘afforovning «Tog‘ jinslarini o‘ta mayin darajada maydalash sharli tegirmon qoplamasi» loyihasi g‘olib bo‘ldi.

Loyiha tog‘-kon korxonalarida rudalarni maydalash unumdorligini oshirish, sharli tegirmon qoplamalarining yeyilishga chidamliligini kuchaytirish hamda energiya sarfini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

🏆 Tanlovdagi g‘olibligi uchun Bekzod G‘afforov Prezident sovg‘asi – elektromobil bilan taqdirlandi.

«Tog‘ jinslarini o‘ta mayin darajada maydalash sharli tegirmon qoplamasi» — tog‘-kon sanoatida uskunalarning xizmat muddatini uzaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan istiqbolli muhandislik yechimidir.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Post #3126 123
✈️ «Kelajak muhandislari» tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha

«Kelajak muhandislari» respublika ko‘rik-tanlovining «Eng yaxshi g‘oya — talaba» nominatsiyasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Komronbek Abdaliyevning «Innovatsion samolyot simulyator» loyihasi g‘olib bo‘ldi.

Loyiha uchuvchilarni tayyorlash jarayonida real parvoz jarayonlarini virtual muhitda modellashtirish, turli parvoz holatlarini xavfsiz sharoitda sinab ko‘rish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

🏆 Tanlovdagi g‘olibligi uchun Komronbek Abdaliyev Prezident sovg‘asi — elektromobil bilan taqdirlandi.

🛫 «Innovatsion samolyot simulyator» — aviatsiya sohasida zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim va amaliy tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ishlanma.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Post #3125 168
Yaqinda «Kelajak muhandislari» ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan qahramonlar va ularning ishlanmalari bilan tanishish maqsadida «Inno» texnoparkka borgan edik.

Tashrif davomida texnoparkda dual ta’lim tizimi asosida Toshkent texnika universiteti talabalari amaliy mashg‘ulotlar o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik.

Nazariy bilimning amaliyot bilan uyg‘unlashuvi – ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri. Talaba olgan bilimini amalda sinab ko‘rgan sari kasbiy ko‘nikmalari ham shakllanib boradi.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #3124 340
Uch olim optogenetikadagi kashfiyotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

2026-yilgi Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olim Karl Deyserot hamda germaniyalik olimlar Peter Xegemann va Georg Nagelga optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun berildi.

Optogenetika nima?

Optogenetika — yorug‘lik yordamida tirik organizmdagi muayyan asab hujayralari, ya’ni neyronlarning faoliyatini aniq boshqarish imkonini beruvchi usul. Bu texnologiya orqali olimlar miyadagi neyron tarmoqlarining xotira, his-tuyg‘u va xatti-harakatlarni shakllantirishdagi rolini chuqurroq o‘rganishlari mumkin.

🔠Batafsil

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👍 2
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Post #3123 284
19 yoshli muhandis Prezident sovg‘asiga sazovor bo‘ldi

19 yoshli muhandis Biloliddin Ismailov dronlarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan “Shunqor-8” – tejamkor havo mudofaasi tizimini yaratgan. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi mahalliy ishlanmalardan biri bo‘lgan loyiha uchuvchisiz uchish apparatlarini havoda aniqlash va zararsizlantirishga mo‘ljallangan.

“Shunqor-8”ning asosiy vazifasi, uchuvchisiz uchish apparatlarini havoda aniqlash va zararsizlantirish. Qurilma maxsus tutqich yordamida nishonni ushlash yoki zarur holatlarda portlovchi modda vositasida uni neytrallash imkoniyatiga ega. Uning maksimal tezligi soatiga 450 kilometrgacha yetishi mumkin.

Jamoliddin mazkur loyihasi bilan shu yil yozda o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Eng yaxshi loyiha — talaba” yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 29-sentabr kuni “Inno texnopark”da bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida yosh muhandis Prezident sovg‘asi – elektromobil bilan taqdirlandi.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 🔥 1
Post #3122 292
🎆Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, ularning qalbida ezgu maqsadlar, ilm-fanga qiziqish va kelajakka ishonch uyg‘otishdek sharafli va mas’uliyatli yo‘ldagi fidokorona mehnatingiz yuksak ehtiromga loyiq.

Sizning bilim va tajribangiz, mehr va sabr-toqatingiz, har bir shogirdga bergan e’tiboringiz jamiyatimizning bilimli, tafakkuri keng va bunyodkor avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!

Hurmat bilan, «Innovator» jurnali tahririyati

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Post #3119 228

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#GII

O‘zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida 2026-yilda ham barqaror o‘sishga erishdi!


GIIning 2026-yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 pog‘ona o‘sib, 139 ta mamlakat orasida 77-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston quyi va o‘rta daromad guruhida 36 ta mamlakat o‘rtasida kuchli 8 talik hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 11 ta mamlakat ichida kuchli 4 talik mamlakatlar qatoridan joy oldi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #3118 254
“Sino AI” loyihasi asoschisi Alisherbek Akmaljonov bilan bir oy avval blitz-intervyu uchun uchrashgan edik. O‘sha suhbatdan tayyorlangan videolarni ijtimoiy tarmoqlarimizda ulashganimizdan so‘ng, Alisherbekni ko‘plab media vakillari suhbatga taklif qilayotganini eshitib, chin dildan xursand bo‘ldik.

Eng quvonarlisi, “Innovator” uning ommaviy axborot vositalaridagi ilk qadamlaridan biriga sababchi bo‘lganini ko‘rish. Yosh va iqtidorli innovatorlarning g‘oyalari keng auditoriyaga yetib borishiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shayotganimiz biz uchun katta mamnuniyat.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Post #3117 273
📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

⚡️ Bir necha soniyalik reklama ortida qanday jarayonlar turadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni ko‘zimiz tushadigan reklama roliklari qisqa vaqt davom etishi mumkin. Ammo uning ortida kontent yaratuvchini tanlash, reklama joylashuvini tashkil etish, natijani kuzatish va samaradorlikni baholash kabi bir qator jarayonlar bor.

Between loyihasi biznes va ijtimoiy tarmoqlardagi kontent yaratuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni bir tizim asosida tashkil etish va boshqarish uchun texnologik yechim taklif qilmoqda.

Loyihaning maqsadi, ishlash tamoyili va uning biznes hamda kontent yaratuvchilar uchun imkoniyatlari haqida “Innovator” jurnali qahramoni, Between loyihasi asoschisi Sardorbek Mo‘minov bilan suhbatlashdik.

📖 Suhbatning to‘liq variantini “Innovator” jurnalining yangi sonida o‘qing.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Post #3116 504
⚡️Behzod Abdurafiqov — “EcoVision” loyihasi asoschisi hamda “Innovator” jurnali qahramoni.

2001-yilda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialida bakalavriat bosqichini imtiyozli tamomlab, magistr darajasini olgan. Hozirda Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranturasida davlat granti asosida tahsil olmoqda.

🎥Loyiha haqida qisqacha videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #3115 460
#kecha_va_bugun

So‘z ortidagi milliy madaniyat

“Innovator” jurnalining “Kecha va bugun” rukni navbatdagi qahramoni – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Azamjonova Sarvinoz. U badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida uchraydigan milliy-madaniy realiyalarni tadqiq etmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi milliy-madaniy realiyalarni aniqlash, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish va tarjimada adekvat ifodalash usullarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot doirasida turli xalqlarning urf-odatlari, an’analari, taomlari, kiyim-kechaklari, tarixiy-madaniy nomlari, diniy tushunchalari va boshqa milliy xususiyatlarni ifodalovchi realiyalarning tarjimada berilish usullari o‘rganiladi.

Loyihaning muhim jihatlaridan biri – milliy koloritni saqlash, asliyatdagi madaniy mazmunni yo‘qotmaslik va uni boshqa til o‘quvchisiga tushunarli tarzda yetkazish o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.

✍️ Azamjonova Sarvinoz va uning tarjimada milliy-madaniy realiyalarni ifodalashga bag‘ishlangan loyihasi haqida batafsil maqolani “Innovator” jurnalining 4-sonida o‘qishingiz mumkin.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👍 2
  • 🥰 2
Post #3114 2.26K
⚡️Qahramonimiz Hasanjon Xolmatov tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli gul tuvak” ishlanmasini “jonli” ko‘rishingiz uchun “O‘zbekiston” telekanali tomonidan tayyorlangan videoni sizlar bilan ulashishni joiz topdik.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👏 1
Post #3113 1.85K
📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Iqtidorli yoshlar koʻp. Tabiiyki, bunday yoshlar “Innovator” jurnalining doimiy nazarida. Ilmiy izlanish, innovatsiya va tadbirkorlikni birlashtirib, oʻz gʻoyalari ustida izchil ishlayotgan yoshlar safida Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Xolmatov Hasan ham bor.
 
Qahramonimizning loyihalaridan biri — xonaki oʻsimliklarni parvarish qilishni yengillashtirishga qaratilgan “Aqlli datchik” qurilmasi. Qurilma tuproq namligini kuzatish, oʻsimlikka suv kerakligini aniqlash va bu haqda foydalanuvchini xabardor qilish imkonini beradi.

Hasanbek ushbu loyihani Yoshlarning Innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan 60 kunlik akseleratsiya dasturi doirasida rivojlantirib, MVP bosqichiga olib chiqdi. Loyiha “Yashil tashabbuslar” va “Boʻlajak olim” kabi tanlovlarda hamda koʻplab innovatsion koʻrgazmalarida namoyish etib kelinmoqda. Ayni paytda innovatorimiz loyihani “Bahor Gullar” kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantirmoqda.

Biroq qahramonimizning izlanishlari buning oʻzi bilan cheklanmaydi. U “Chiqindilarni yigʻishning avtonom intellektual qurilmasi” loyihasi ustida ham ishlamoqda va mazkur loyiha boʻyicha patent ham olganligini alohida taʼkidlash lozim.
Yosh tadbirkor sifatida Hasanbek NEʼMAT SHIFO mahsulotlari brendiga ham asos solgan. Kichik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yangi ish oʻrinlari yaratmoqda.

❗️Qahramonimizning hayoti, izlanishlari va innovatsion gʻoyalari sari “Innovator” jurnalining 4-sonida birgalikda sayohat qilamiz.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 💯 3
Post #3112 2.52K
#kecha_va_bugun

Kecha va bugun: psixologiyani raqamli texnologiyalar bilan bog‘lagan talaba

“Innovator” jurnalining “Kecha va bugun” rukni navbatdagi qahramoni – Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Sabrina Abdimurodova. Psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan Sabrina talabalar psixologik holatini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘rganish va monitoring qilishga qaratilgan loyiha ustida ishlamoqda.

Qahramonimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihaning asosiy maqsadi talabalar psixologik holatini bir martalik test orqali baholash bilangina cheklanib qolmasdan, olingan natijalarni tizimli ravishda saqlash, vaqt davomida tahlil qilish va individual rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini yaratishdan iborat.

Tizim orqali psixologik distress, xavotir, o‘quv motivatsiyasi hamda akademik-ijtimoiy moslashuv kabi muhim ko‘rsatkichlarni monitoring qilish mumkin. Shuningdek, psixologlar uchun alohida boshqaruv paneli ishlab chiqilgan bo‘lib, u talabalarni kuzatish, e’tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash hamda individual tavsiyalar shakllantirish imkonini beradi.

Psixologiya va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida yaratilayotgan ushbu loyiha talabalar bilan ishlashda individual yondashuvni kuchaytirish va ularning psixologik holatini tizimli ravishda kuzatish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

✍️Sabrina Abdimurodova va uning loyihasi haqida batafsil maqolani “Innovator” jurnalining 5-sonida o‘qishingiz mumkin.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 🔥 1
  • 🥰 1
Post #3110 2.78K
#kecha_va_bugun

Bugungi yoshlar uchun juda keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlarning qadriga yetish uchun kecha va bugunni solishtirishning o‘zi kifoya.

«Innovator» jurnalida «Kecha va bugun» rukni ostida maqolalar qabul qilinishi haqidagi e’lonimizdan so‘ng ko‘plab o‘quvchi va talabalardan o‘z loyihalari hamda bugungi imkoniyatlar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashish istagi bildirildi.

Navbatdagi qahramonimiz — Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti talabasi Xudoyqulov Xasan. Uning misolida bugungi talaba o‘z g‘oyasini ilmiy izlanish va amaliy loyihaga aylantirishi uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanini ko‘ramiz.

Xudoyqulov Xasan yo‘l harakati xavfsizligiga qaratilgan “Smart Speed Control” loyihasini ishlab chiqqan. Intellektual tezlik nazorati tizimi real vaqt rejimida monitoring olib borish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda haydovchini tezlik cheklovi va xavfli holatlar haqida oldindan ogohlantirish imkonini beradi.

Loyiha ortida qanday g‘oya bor? Uni yaratishda oliygoh tomonidan qanday imkoniyatlar berilyapti? Bugungi talaba kechagi yoshdan nimasi bilan farq qiladi?

✍️"Innovator" jurnalini 5-sonining "Kecha va bugun" ruknida Xudoyqulov Xasanning loyihasi va uning talaba sifatidagi taassurotlari haqida so‘z yuritamiz.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 🔥 2
  • 🥰 1
  • 🎉 1
Post #3109 339
Uyingiz xavfsizligini aqlli texnologiya orqali nazorat qiling!

Suv sizishi yoki gaz isi kabi xavfli holatlar ko‘pincha o‘z vaqtida aniqlanmasa, jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yosh innovator - Namangan yoshlar texnoparki InnoX biznes-inkubator dasturi ishtirokchisi Omonboyeva Madina tomonidan ishlab chiqilgan aqlli xavfsizlik tizimi uyda suv sizishini hamda gaz hidini aniqlab, yuzaga kelgan xavf haqida uy egasini tezkor ravishda xabardor qilish imkonini beradi.

Tizim xavfli holatni aniqlashi bilan foydalanuvchiga tegishli xabar yuboradi. Shu orqali muammoni erta aniqlash va ehtimoliy zararlarning oldini olishga ko‘maklashadi.


 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
  • 🔥 1
Post #3108 344
🎙Startap olamida eng qiyin narsa nima?

Shu savol bilan startaplar olamida qaynayotgan qahramonimiz — Sino AI loyihasi asoschisi Alisherbek Akmaljonovga murojaat qildik.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Older posts →

About this channel

How can I read @innovatorjurnali without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for "INNOVATOR" jurnali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does "INNOVATOR" jurnali have?
"INNOVATOR" jurnali (@innovatorjurnali) has 952 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does "INNOVATOR" jurnali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →