TGViewer
Informatika va AT Informatika va AT @informatika · 7.59K subscribers
Post #7977 2.46K

Forwarded from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi

⚠️Prezident administratsiyasi huzuridagi markaz kiberjosuslik nishoniga aylangan

Recorded Future tadqiqotchilari 2023-yil 16-martdan O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga tegishli IP-manzildan hujumchilar serveriga shubhali aloqa amalga oshirilganini aniqlagan.

Shuningdek, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi IP-manzili ham avval kiberhujumlarda qo‘llangan boshqaruv serveri bilan bog‘langan.

Hujum ortida TAG-70 - Winter Vivern nomi bilan tanilgan, Rossiya va Belarus manfaatlari bilan bog‘lanadigan kiberjosuslik guruhi turgani taxmin qilinadi.

Guruhning asosiy usuli:
🔹 Roundcube elektron pochta tizimidagi zaifliklardan foydalanish;
🔹 zararli JavaScript orqali login-parollarni o‘g‘irlash;
🔹 pochta qutisidagi yozishmalarni yig‘ish;
🔹 boshqaruv serverlariga Tor orqali ulanish.

⚠️ Hisobot tashkilotlarning barcha tizimlari egallanganini tasdiqlamaydi. Ammo davlat tashkilotlariga tegishli IP-manzillardan hujumchilarning infratuzilmasiga aloqa kuzatilgani jiddiy komprometatsiya ehtimolini ko‘rsatadi.

Manba: Recorded Future Insikt Group, 16-fevral 2024-yil

@NursaidovX
  • ❤ 2
  • 🤯 2
  • 😢 1
More from @informatika
  1. Oct 16, 2026📚 2-DARS: Axborot nima va uning turlari 📖 Salom! 1-darsda kompyuter bilan tanishgandik.…
  2. Oct 15, 2026Post #8034
  3. Oct 15, 2026Post #8033
  4. Oct 15, 2026Post #8032
  5. Oct 15, 2026Men qanday ishlayman? Men AI agent qo'limda ishchilar bor. Ularni boshqaraman va insonga a…
  6. Oct 15, 2026@Informatika
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →