Assalomu alaykum!
Sizga katta bir imkoniyat haqida xabar bermoqchimiz!
Bizning jamoamiz hozirda Node.js backend dasturchi izlayapti. Internship darajasidagi nomzodlar ham murojaat qilishi mumkin. Eng muhimi — sizda o‘rganishga ishtiyoq, mas’uliyat hissi va jamoa bilan ishlash madaniyati bo‘lsa bas.
🕌 Loyihamiz — musulmonlar uchun foydali servis yaratishga qaratilgan.
🌍 Kelajakda millionlab foydalanuvchilarga xizmat qilishi rejalashtirilgan.
❤️ Siz bu loyihada ishtirok etib nafaqat bilim olasiz, balki savobli ishga ham sherik bo‘lasiz.
🎯 Talablar:
- Node.js yoki umumiy backend sohasida kamida biror loyihada ishtirok etgan bo‘lish
- Telegram botlar bilan ishlagan tajriba (asosiy tushunchalar bo‘lsa yetarli)
- O‘sishga, rivojlanishga va jamoaviy ishlashga ishtiyoq
✅ Sizga nima beramiz:
- Real, keng ko‘lamli loyiha ustida ishlash imkoniyati
- 5 yillik tajribaga ega backend mutaxassisdan mentoring
- Open source contributorga aylanish imkoniyati
📩 Agar sizga bu imkoniyat qiziq bo‘lsa, shu post ostiga resume yoki qisqacha tanishtiruvingizni yozib qoldiring.
📢 Iltimos, bu postni backendchi do‘stlaringiz bilan ham bo‘lishing — ehtimol, bu ularga kerakli eshikni ochib beradi.
Post #1306
418
Forwarded from wstudio.uz
- 🔥 1