TGViewer
ilhomdev ilhomdev @ilhomdevs · 211 subscribers
Post #1560 240

Forwarded from Adizbek Ergashev's blog

Biz MustaqiLLM’ni yaratdik!

Bugun biz uchun muhim kun, o‘zbek tili uchun noldan yaratilgan Katta Til Modelini taqdim etdik.

Bu mavjud xorijiy modelning oddiy fine-tune qilingan versiyasi emas.
Biz modelni noldan yaratdik va o‘qitdik.

Model:

→ 5 milliard parametr
→ 40 milliard tokenlik ko‘p tilli dataset
→ 48 ming tokenli BPE tokenizer
→ O‘zbek tiliga maxsus moslashtirilgan
→ Grouped-Query Attention
→ QK-Normalization
→ Uzun kontekst bilan ishlashga tayyor arxitektura

Nega mustaqil LLM muhim?

AI bugungi raqamli infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Shuning uchun o‘z tilimiz va ma’lumotlarimiz bilan ishlaydigan, texnologik jihatdan o‘zimiz nazorat qila oladigan modellarni yaratish strategik ahamiyatga ega.

Bu nafaqat o‘zbek tilining AI’dagi rivoji, balki lokal AI ekotizimi, ma’lumotlar xavfsizligi va kelajakdagi AI texnologiyalariga mustaqil hissa qo‘shish uchun ham muhim.

MustaqilLLM hali yakuniy manzil emas. Uning bilim, fikrlashi va umumiy til qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda davom etamiz.

Ammo bu o‘zbek tilidagi mustaqil AI’ni yaratish yo‘lidagi muhim boshlanish.

© NeuronAI Jamoasi


Model vaznlari huggingface platformasida joylashtirildi: https://huggingface.co/NeuronUz/MustaqiLLM

@adizbek_ergashev
huggingface.co NeuronUz/MustaqiLLM · Hugging Face We’re on a journey to advance and democratize artificial intelligence through open source and open science.
  • 👍 1
More from @ilhomdevs
  1. Oct 14, 2026Facebook Ads MCP uladim ikkita prompt bilan target yoqvoldim mazzami 😁
  2. Sep 16, 2026Apple TV O’zbekiston qo’shibdi
  3. Aug 20, 2026O'g'limni domainni band qilib qo'ydim 😁
  4. Aug 5, 2026Yaqin kunlarda Korzinka.uz & Flowre.io ishlatishni boshlaydi. Kozinka bilan bo’layotgan ke…
  5. Aug 2, 2026photo post
  6. Jul 29, 2026#UzCombinator
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →