TGViewer
Channel Public Channel
Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

@ijtimoiyhimoya_agentligi

Subscribers
38.7K
Photos
7.2K
Videos
2.3K
Links
4.3K
Recent Posts 12 shown
Post #10329 6.68K
👩‍👩‍👧‍👦 Ba’zan inson hayotini o‘zgartirish uchun katta imkoniyatlar yoki uzoq kutilgan yordam emas, o‘z vaqtida cho‘zilgan qo‘lning o‘zi kifoya. Muhimi, insonning muammosini shunchaki eshitish emas, uning ortidagi ehtiyojni ko‘ra bilish va yechim sari birga qadam tashlashdir.

👮‍♂️ Qarshi tumani “Shirkent” mahallasida ijtimoiy xodim Gulzira To‘raqulova ana shu tamoyil asosida faoliyat yuritmoqda. U xonadonlardagi vaziyatni o‘rganadi, oilalarning ehtiyojlarini aniqlaydi va mavjud imkoniyatlardan foydalanib, muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga ko‘maklashadi. Har bir oila — alohida hikoya, har bir muammo esa e’tibor va to‘g‘ri yondashuvni talab qiladi.

Chunki ijtimoiy himoya — faqat yordam berish emas. Bu insonning ishonchini qayta uyg‘otish, oilaga imkoniyat eshigini ko‘rsatish demakdir.


🖋 G.To‘raqulovaning kundalik faoliyatidagi eng katta natija ham — bir oilaning muammosi kamaygani, biror insonning ko‘ngliga umid kirgani va hayotida yangi sahifa ochilgani.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
  • ❤ 19
  • 👏 7
  • 👍 6
  • 🙏 3
Post #10325 5K

Forwarded from Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi

🗣EASE dasturi bo‘yicha tashkil etilgan 3 kunlik trening yakunlandi

🤩Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan o‘smirlarda xavotir, tushkunlik, stress, ichki zo‘riqish, faollikning pasayishi hamda his-tuyg‘ularni boshqarishdagi qiyinchiliklarni yengishga ko‘maklashishga qaratilgan O’smirlarda hissiy o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari (EASE) dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 3 kunlik trening o‘z yakuniga yetdi.

📝 Trening davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazlarining 26 nafar psixologi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi:

➡️ EASE psixologik intervensiyasining nazariy asoslari hamda o‘smirlik davrining psixologik va emotsional xususiyatlari;
➡️ EASE guruhli intervensiyasini tashkil etish va o‘tkazish, o‘smirlar bilan guruhli mashg‘ulotlarni samarali olib borish usullari;
➡️ Ota-onalar bilan ishlash, murakkab holatlarni aniqlash, tegishli mutaxassislarga qayta yo‘naltirish hamda bunday holatlarni olib borish tamoyillari.

📝 Mazkur trening mutaxassislarning dalillarga asoslangan psixologik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash, o‘smirlarga emotsional qiyinchiliklarni yengishda ko‘maklashish hamda ularning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

#EASE #ruhiysalomatlik #ijtimoiyрimoya #psixologikнordam #osmirlar #ijtimoiyаfarovonlik #trening

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
  • 👍 8
  • ❤ 4
  • 🙏 3
  • 👏 2
Post #10324 7.38K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 9
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🙏 3
Post #10323 8.58K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 21
  • 👍 13
  • 👏 4
Post #10318 7.14K
🧠 Jumaning an’anasiga aylangan “Ochiq muloqot soati” bu hafta o‘zbek tilidagi audio va elektron kitoblarni jamlagan “Mutolaa” loyihasiga bag‘ishlandi.

🤝 Uchrashuv mehmonlari – loyiha rahbari Sirojiddin Olimov va bosh muharriri Sa’dullo Quronov bo‘ldi. Mehmonlar audiokitoblarni yaratish jarayoni, ilovaning foydali funksiyalari hamda loyiha doirasida ko‘zi ojiz insonlar uchun yaratilayotgan ish imkoniyatlari haqida batafsil gapirib berdilar.

🎙 Muloqot davomida ishtirokchilar loyihaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Sirojiddin Olimov “Mutolaa”ning doimiy foydalanuvchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdi hamda Agentlikning barcha xodimlari uchun uch oylik korporativ obunani bepul taqdim etdi.

👮‍♂️ Samimiy va mazmunli uchrashuv xodimlar uchun mutolaaga yanada ko‘proq vaqt ajratish va yangi asarlar bilan tanishishga undovchi rag‘bat bo‘ldi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
  • 👍 16
  • ❤ 11
  • 👏 4
  • 🙏 4
Post #10316 13.4K
Bola kunduzi parvarishda — ota-ona esa xotirjam

3–18 yoshli nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yo‘lga qo‘yilgan “Kunduzgi parvarish” xizmati bolalarni xavfsiz muhitda parvarishlash, ularning rivojlanishi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Xususan, xizmat og‘ir harakat cheklovlari, aqliy rivojlanishida turli darajadagi buzilishlar hamda ko‘r-kar-soqovlik tashxisi qo‘yilgan bolalarni qamrab oladi.

Xizmat davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2025-yil 1-oktabrdan barcha hududlarda yo‘lga qo‘yilgan.
↗️ Bugungi kunga qadar:
1️⃣ 9 815 nafar bolaga ijobiy xulosa berildi;
2️⃣ 6 749 nafar bola kunduzgi parvarish xizmati bilan qamrab olindi;
3️⃣ 441 nafar tadbirkor ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda;
4️⃣ ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 115,3 mlrd so‘m to‘landi.

❗️ Kunduzgi parvarish xizmati doirasida bolalar haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat parvarish bilan qamrab olinadi, kuniga 2 mahal ovqat bilan ta’minlanadi hamda rivojlantiruvchi, ijodiy va ta’limiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

💼 Tadbirkorlar uchun ham qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan. Har bir bola uchun subsidiya ajratiladi. Mebel va jihozlar xarid qilish uchun 14 foizli imtiyozli kredit beriladi. Shuningdek, tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlardan ozod etiladi.

Xizmat bolalarning kunduzgi parvarishi va rivojlanishini ta’minlash bilan birga, ota-onalarga mehnat qilish, o‘qish va kundalik faoliyatini davom ettirish imkonini ham yaratadi.

Eng muhimi — bola parvarishda, oila esa qo‘llab-quvvatlanadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
  • ❤ 19
  • 👍 13
  • 🙏 4
  • 👏 3
Post #10315 18.2K
Ijtimoiy himoya milliy agentligi #qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatishning yangi tartibi belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF–146-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026…
#Ijtimoiy_xizmat

❗️ 0–3 yoshli bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati: rivojlanishdagi xavfni erta aniqlash va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qaroriga muvofiq, rivojlanishida xavf yoki kechikish kuzatilayotgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoxud nogironlik xavfi mavjud 0 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Xizmatning asosiy maqsadi — bolaning rivojlanishidagi kechikish yoki xavf omillarini imkon qadar erta aniqlash, zarur yordamni o‘z vaqtida tashkil etish hamda oilaning bolani parvarishlash va uning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarini mustahkamlash.

😯 Xizmat kimlarga ko‘rsatiladi?

✅ 0 yoshdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — oilaviy shifokorning bolaning rivojlanishida ortda qolish xavfi mavjudligi haqidagi xulosasi asosida;
✅ 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida.
Mazkur xulosalar asosida bola uchun vaucher shakllantiriladi.
✅ Ota-ona xizmat ko‘rsatuvchini tanlashi mumkin

Vaucher olgan ota-ona o‘z yashash hududida “Erta aralashuv” xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektiga murojaat qilishi mumkin.
🧠 Xizmat Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari xulosasi asosida tegishli reyestrga kiritilgan nodavlat xizmat ko‘rsatuvchilar, jumladan, yuridik shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Hududdagi xizmat ko‘rsatuvchilar haqida ma’lumotni tuman yoki shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidan olish mumkin.

“Erta aralashuv” xizmati uchun subsidiya miqdori ko‘rsatilgan xizmatning har bir soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 13 foizi etib belgilangan.

Bir bola uchun xizmat:
✅ haftasiga — 6 soatgacha;
✅ bir kunda — 2 soatdan oshmagan holda;
✅ bir oyda — 24 soatgacha ko‘rsatilishi mumkin.

Bunda subsidiya miqdoriga:
1️⃣ viloyat markazlari va Nukus shahrida — 1,1 koeffitsiyent;
2️⃣ Toshkent shahrida — 1,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Asosiy maqsad — boladagi rivojlanish xavfini imkon qadar erta aniqlash, zarur yordamni kechiktirmasdan boshlash va oilani bu jarayonda yolg‘iz qoldirmaslik.


“Erta aralashuv” — bolaning rivojlanishini bugundan qo‘llab-quvvatlab, uning kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan tizim.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
  • ❤ 12
  • 👍 12
  • 👏 5
  • 🙏 2
Post #10314 6.53K

Forwarded from Invest in children / Sammit 2026

🎙 Voices of Summit

Asheena Khalakdina
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili


21-22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Global sammit 100 dan ortiq mamlakat vakillarini — davlat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, nufuzli ekspertlar va soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.

Sammit doirasida bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning salomatligi va erta rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni kengaytirish hamda har bir bola uchun munosib va xavfsiz kelajak yaratishga qaratilgan global yondashuv va yechimlar muhokama qilinadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili
doktor Asheena Khalakdina
Samarqanddagi ushbu nufuzli muloqotning ahamiyati, bolalar farovonligiga investitsiya kiritish hamda bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurati haqida fikr bildirdi.


Samarqandda dunyo bolalar kelajagi uchun birlashadi. Bugun qabul qilinadigan qarorlar esa kelajak avlodlar hayotini belgilaydi.

Bolalarga investitsiya — kelajakka investitsiya.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
  • ❤ 12
  • 👏 7
  • 👍 6
Post #10313 9.28K
#Bilasizmi?

Kasallik nafaqasi ayrim fuqarolar uchun nega ko‘proq to‘lanadi?

❓Savol:

Ayrim toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashdagi staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilishini bilasizmi?


✅ Javob:
Yangi tartibga ko‘ra, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashda qo‘llaniladigan staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshiriladi.
Masalan:
✅ odatda 60 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 80 foiz;
✅ 80 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 100 foizgacha oshiriladi.

Bu qo‘shimcha kafolat:
✅ qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan 4 nafar yoki undan ortiq farzandi bor sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ qaramogʻida nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ I va II guruh nogironligi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga.

Nafaqa tayinlash jarayoni proaktiv amalga oshiriladi, ya’ni fuqaro alohida ariza topshirishi talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar elektron tizimlar orqali olinadi.

To‘lov tartibi:
✅ bir kalendar yilda dastlabki 5 kun uchun — ish beruvchi;
✅ 6-kundan boshlab — Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi.

To‘lov muddatlari:
✅ oyning 1–15-sanalarida tayinlangan nafaqa — shu oyning 25-sanasigacha;
✅ 16–31-sanalarida tayinlangan nafaqa — keyingi oyning 10-sanasigacha moliyalashtiriladi.

Bu tartib kasallik davrida ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning daromadini yanada kuchliroq himoya qilishga xizmat qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
  • ❤ 14
  • 👍 10
  • 👏 4
  • 🙏 3
Post #10312 8.01K
Navoiy shahrida Bolani kompleks baholash guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

🧠 Navoiy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi huzurida tashkil etilgan ushbu guruh 3-18 yoshdagi bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari, rivojlanish xususiyatlari va ijtimoiy holatini kompleks baholaydi hamda ularga mos ta’lim shaklini tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

💻 Guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish doirasida ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, bolalarni baholash va ta’limga yo‘naltirish tartibi tushuntirildi.

✅ Kompleks baholashda ishtirok etadigan maxsus pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda baholash metodikalari, bolaning individual imkoniyatlarini aniqlash va tegishli tavsiyalarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, xodimlarga edu.ihma.uz platformasida elektron arizalarni ko‘rib chiqish, diagnostika ma’lumotlarini kiritish, baholash natijalarini qayd etish va xulosani rasmiylashtirish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatildi.

✅ Kelgusi haftadan Navoiy shahridagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni yangi tartib asosida kompleks baholash boshlanadi. Baholash ota-onalar yoki qonuniy vakillar ishtirokida o‘tkazilib, har bir bolaning individual ehtiyojlariga mos ta’lim shakli va qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Maqsad — har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
  • 👍 9
  • ❤ 8
  • 👏 3
Post #10311 6.6K
O‘zbekiston tajribasi xalqaro forumda taqdim etildi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili Mirzobek Niyazov nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forumda onlayn ishtirok etdi. Tadbir Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilish muassasalari Koreya assotsiatsiyasi (KAVRD) tomonidan tashkil etildi.

🦿 Forumda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimidagi islohotlar, jumladan, elektron xizmatlar va marketpleys orqali zarur vositalarni tanlash imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.


👨‍🦽 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini moslashtirish va ish beruvchilar uchun joriy etilgan rag‘batlantirish choralari taqdim etildi.

✅ O‘zbekistonning xalqaro forumdagi ishtiroki mamlakatda ijtimoiy himoya va inklyuziya sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga xalqaro qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
  • 👍 7
  • ❤ 6
  • 🙏 3
  • 👏 2
Post #10301 16K
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatishning yangi tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-oktabrdagi 539-son qarori bilan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash, himoya qilish, reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilishning yagona tartibi belgilandi.

✅ “Inson” markazi, ijtimoiy xodim, ixtisoslashtirilgan muassasa yoki 1146 ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin.
✅ Shaxs 5 sutka ichida dastlabki identifikatsiyadan o‘tkaziladi.
✅ Zarur hollarda 5 ish kuni ichida individual reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
✅ Jabrlangan deb tan olingan shaxslar 6 oygacha xavfsiz boshpana, psixologik, huquqiy va tibbiy yordam bilan ta’minlanadi.
✅ Reabilitatsiyadan keyin ham 6 oygacha monitoring olib boriladi.

Asosiy maqsad — jabrlangan shaxsning xavfsizligini ta’minlash, uning huquqlarini tiklash va mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashish.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
  • 👍 12
  • ❤ 8
  • 👏 5
  • 🙏 4
Older posts →

About this channel

How can I read @ijtimoiyhimoya_agentligi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ijtimoiy himoya milliy agentligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ijtimoiy himoya milliy agentligi have?
Ijtimoiy himoya milliy agentligi (@ijtimoiyhimoya_agentligi) has 38.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ijtimoiy himoya milliy agentligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →