🇺🇿Joriy yilning 6-oktyabr kuni
TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti tyutorlari hamda talabalari Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi
Tashrif davomida talabalar muzeyda ichki ishlar organlarining boy tarixi, xizmat faoliyati, turli davrlardagi xizmat kiyimlari, maxsus vositalar hamda fidokor xodimlarning jasorat namunalariga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Vatan tinchligi yo‘lida xizmat burchini ado etib halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga bag‘ishlangan pavilyon talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif yoshlarning vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.
👇 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
Telegram 💬
Instagram 📹
Google.com 🕸
Post #1989
524





