O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti
🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/c/Ichkiishlarvazirligi
👉instagram.com/iivjxduz
👉facebook.com/iivjxduz
Post #109703
328
II @iivjxduz



Мактаб ўқувчилари иштирокидаги йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида ЙПХ инспекторлари томонидан йўлларда ҳушёр ва эҳтиёткор бўлиш, шунингдек, ҳаракат хавфсизлиги талабларига қатъий амал қилиш бўйича тарғибот-тушунтириш тадбирлари ўтказилмоқда.
Тадбирлар давомида ўқувчиларга йўл ҳаракати қоидаларига риоя қилиш, белгиланган пиёдалар ўтиш жойларидан фойдаланиш ҳамда йўлларда хавфсиз ҳаракатланиш бўйича зарур тушунчалар берилмоқда.
Шунингдек, болаларнинг йўлларда ўзини тутиши, эҳтиёт чораларига амал қилиши ва турли хавфли вазиятларнинг олдини олиш борасида профилактик суҳбатлар ўтказилмоқда.






Tashrif davomida viloyatimizning Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos tumanlari hamda Yangiyer shahar IIB JXX Probatsiya guruhlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomidan ahloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan shaxslarning ish joylari, yashash honadonlari hamda ularning ijtimoiy ahvollari o‘rganildi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan tuman-shaharlarda xizmat olib borayotgan Probatsiya xodimlari bilan xizmat va ijrochilik intizomiga va qonunchilikka rioya qilishlari bo‘yicha yo‘riqnomalar berilib, nazorat ostidagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Probatsiya boshqarmasi rahbariyatining viloyatimizdagi o‘rganishlari davom etmoqda.







Surxondaryoda bu kunda barcha ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda, jamoat joylarida harakat ishtirokchilari bilan yo‘llarda xavfsiz harakatlanish borasida davra suhbatlari, targ‘ibot tadbirlari va muhokama yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
🚸 Bugun ham YPX xodimlari tomonidan o‘zlari xizmat olib borayotgan hududlarda joylashgan maktablarda o‘quvchilar bilan qoidabuzarliklar profilakasi amalga oshirilmoqda.