TGViewer
Xorazm viloyati loyiha ofisi Xorazm viloyati loyiha ofisi @icppa_xorazm01 · 15 subscribers
Post #47 17
Xorazm viloyatidagi mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar o‘rganilmoqda
 
Urganch shahrida joylashgan “KHOREZM ORIENT CERAMIK” MCHJ QK tomonidan polipropilen va polietilen tolalaridan sintetik mato ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 15 mln. dollarlik yangi ishga tushirilayotgan loyiha o‘rganildi.

✔️ Mazkur loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, polipropilen va polietilen tolalaridan tayyorlanadigan sintetik matolar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahalliy va tashqi bozorlarga raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

➡️ Loyiha amalga oshirilishi natijasida hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi oshishi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

🎤 Ayni paytda loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, zarur uskunalarni jalb qilish va mahsulotlarni bozorga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

 Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan “MEGA ELEKTROAPPARAT ELEKTROSHIT” MCHJ tomonidan elektr energiyasini pasaytirish va taqsimlash uchun komplekt transformator podstansiyalari ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirish jarayonlari o‘rganildi.

➡️ Mazkur loyiha doirasida zamonaviy komplekt transformator podstansiyalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, ichki bozor ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

〰️ Loyiha doirasida hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi, elektr energetikasi sohasida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar mahalliylashtirilishi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

✔️ Ayni paytda loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari tashkil etilgan bo'lib, mahsulotlar haridorlarga yetkazib berilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
More from @icppa_xorazm01
  1. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  2. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
  3. Oct 14, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar Oddiy s…
  4. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  5. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  6. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →