TGViewer
Channel Public Channel
Xorazm viloyati loyiha ofisi

Xorazm viloyati loyiha ofisi

@icppa_xorazm01

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Xorazm viloyati loyiha ofisi rasmiy sahifasi
Subscribers
15
Photos
67
Videos
36
Links
80
Recent Posts 14 shown
Post #107 2

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi?

Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada 86 ta korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha 4 trln so‘mlik kelishuv va shartnomalar qayd etildi. Shuningdek, 223,1 mln dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari aniqlandi.

Qaysi yirik shartnomalar imzolandi? Qanday yangi ishlab chiqarish loyihalari taklif etildi?

✅ Batafsil — infografikalarda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #106 3

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI

✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning rasmiy veb-saytida Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar katalogi bilan tanishishingiz mumkin.

📁 Bu katalog — O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumot olishni osonlashtiruvchi raqamli maydon.

📤 Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #105 2

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

#Market_Signal

🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar

Oddiy saqich, marmelad yoki jele. Kundalik xaridimizdagi kichik mahsulotlar, shunday emasmi?

Ammo raqamlar bu mahsulotlar ortida katta bozor imkoniyati borligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda ushbu turdagi qandolat mahsulotlarining potensial bozori yiliga 21,7 million dollarga baholanmoqda.


2025-yilning o‘zida mamlakatimizga 17,3 million dollarlik mahsulot import qilingan. Asosiy yetkazib beruvchilar — Rossiya, Xitoy va Turkiya.

Eng e’tiborli jihati: bugungi kunda respublikamizda ushbu yo‘nalishda atigi 4 ta korxona faoliyat yuritib, yiliga 2,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarmoqda.

✔️ Bu raqamlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun muhim bozor signalidir. Ichki talab va import hajmi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda import o‘rnini bosish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi.

Balki navbatdagi istiqbolli ishlab chiqarish loyihangiz aynan shu yo‘nalishdadir?

🗣 Yangi bozor imkoniyatlari va istiqbolli mahsulotlar tahlilini MARKET SIGNAL ruknida kuzatib boring!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #104 4

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan VI ochiq muloqotida tadbirkorlarning davlat xaridlari jarayonida saqlanib qolgan zakalat mablag‘larini qaytarish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tegishli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlat xaridlarida ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan barcha shart va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Bugungi kunga qadar 11 ta tadbirkorlik subyektiga jami 19 milliard 649 million so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi.


Mazkur mablag‘larning tadbirkorlar ixtiyoriga qaytarilishi ularning aylanma mablag‘larini tiklash, ishlab chiqarish faoliyatini barqaror davom ettirish hamda yangi buyurtma va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

❗️ Muhim eslatma!

Zakalat mablag‘larini qaytarish uchun tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan barcha shart va majburiyatlarni, jumladan, tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish hamda boshqa tegishli talablarni to‘liq bajargan bo‘lishi lozim.

📞 Zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Agentlikka murojaat qiling:
71 203-06-00 (ichki raqam: 4052)
@Icppa_aloqa_bot

Agentlik tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat xaridlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish va ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #103 2

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tmoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Majlisda dastlab davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu hujjat davlat xaridlari sohasida shaffoflikni ta’minlash va raqobat muhitini kengaytirish, xarid qilish tartib-taomillarini xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlarida yanada faol ishtirok etishga keng jalb qilishga qaratilgan.


Qonun loyihasida davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda. Bu esa sohada hisobdorlik va nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, takroriy auksion, tanlash va tenderlarda yagona ishtirokchi bilan bog‘liq tartiblarni aniq belgilash, budjet buyurtmachilarining davlat xaridlarida preferensiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mahalliy subyektlar doirasini kengaytirish taklif etilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #102 3

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda davlat xaridlari, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida tushuntirishlar berish maqsadida doimiy ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

📌Uchrashuvlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 Davlat xaridlari bo‘yicha muloqot
🗓Har hafta shanba kuni
⏰10:00–13:00

🔹 Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati bo‘yicha muloqot
🗓Har oyning ikkinchi shanba kuni
⏰14:00–16:00

🔹 Mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muloqot
🗓Har oyning uchinchi shanba kuni
⏰14:00–16:00

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Agentlik mutaxassislaridan bevosita javob olish, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 52-uy. Agentlik binosi.

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

✔️Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/jovyK4aSkCK7zEGW6

Hurmatli tadbirkorlar!
Sizni o‘z faoliyatingizga oid masalalarni mutaxassislar bilan bevosita muhokama qilish va amaliy yechim topishga qaratilgan ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #101 4

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-son qarori bilan “Sanoat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Mazkur qaror mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa qo‘shayotgan soha vakillarining mehnatini rag‘batlantirishga qaratilgan.

➡️Ko‘krak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi?
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash hamda ijtimoiy faoliyati bilan namuna ko‘rsatish yo‘nalishlarida fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan:
🟢mahalliy va xorijiy investorlar;
🟢tadbirkorlar;
🟢sanoat korxonalari rahbarlari va xodimlari;
🟢sohaning yetuk mutaxassislari taqdirlanishi mumkin.

Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

☑️ Taqdirlash tartibi qanday?
Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 10-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.

🇺🇿Nomzodlar tegishli komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, munosib deb topilgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ko‘krak nishoni har yili 27-iyun — Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.

Ushbu tashabbus sanoat korxonalarida samarali mehnat qilayotgan mutaxassislar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va investorlarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #99 5

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi

📍 Toshkent shahrida joylashgan, 2013-yildan buyon sanoat korxonalariga suyuq moylash mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelayotgan “Chilon Lubricants” MChJ vakillari Agentlikka murojaat qildi.

Murojaatning asosiy mazmuni — Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan 14 ta shartnoma bo‘yicha 529 million so‘m miqdoridagi zakalat mablag‘larini qaytarish masalasiga oid edi.

✅ Agentlik mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Natijada korxonaning 14 ta shartnoma bo‘yicha jami 529 million so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.

Agar siz ham davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Agentlikka murojaat qilishingiz mumkin.


Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #98 3

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi?

Davlat buyurtmachilari xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni qanday rejalashtirishi hamda reja-jadvallarni yagona elektron tizimda qanday shakllantirishi mumkin?

✔️ Davlat xaridlari maxsus axbor portalidagi “Xarid rejalari” moduli orqali xarid qilinadigan mahsulotlar, ularning miqdori, qiymati, moliyalashtirish manbai va xarid muddatlarini oldindan belgilash mumkin.

Tayyorlangan videoqo‘llanmada modulga kirish, yangi xarid rejasini yaratish, tovar va xizmatlarni qo‘shish, ma’lumotlarni saqlash hamda shakllantirilgan rejalarni ko‘rish va tahrirlash jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

Videoni "YouTube" sahifamizda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:

📽 https://www.youtube.com/watch?v=4v9QtlPfXEw

📤 Tadbirkorlarga ulashing!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
YouTube Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmachilari xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni qanday rejalashtirishi hamda reja-jadvallarni yagona elektron tizimda qanday shakllantirishi mumkin? Davlat xaridlari maxsus axbor portalidagi “Xarid rejalari” moduli orqali xarid qilinadigan…
Post #97 2

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori asosida Davlat xaridlari maxsus axborot portalida “Narxlar moduli” joriy etildi.

✅ Mazkur modul orqali davlat buyurtmachilari bozor narxlarini turli manbalar asosida o‘rganishi, boshlang‘ich narxni hisoblab chiqishi va natijalarni elektron ma’lumotnoma shaklida rasmiylashtirishi mumkin.

Tayyorlangan videoqo‘llanmada modulga kirish, narxlarni o‘rganish usullari, hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda elektron ma’lumotnomani shakllantirish jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

Videoni "YouTube" kanalimizda to‘liq tomosha qilish mumkin:

📽 https://youtu.be/-hqsqU4UVDY

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
YouTube Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumkin? Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumkin? Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori asosida Davlat xaridlari maxsus axborot portalida “Narxlar moduli” joriy etildi. Mazkur modul orqali…
Post #93 8

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

⚡️Elektrotexnika sanoati vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

9-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida elektrotexnika sanoati vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Agentlik binosida bevosita hamda “Zoom” platformasi orqali hududlardan 50 nafardan ziyod tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Muloqotda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va mahalliy mahsulotlarni davlat buyurtmachilariga taklif etish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar, mahsulotlarni sertifikatlash, davlat xaridlari elektron tizimlarida ofertalarni joylashtirishdagi qiyinchiliklarni ko‘tarib, davlat xaridlarida ishtirokni kengaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

✅ Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #92 4

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

✔️Har bir murojaat e’tiborda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish hamda tadbirkor va fuqarolarga tezkor ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Joriy yilning o‘tgan davrida Agentlikka jami 704 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 38 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining elektron platformasi orqali, 666 tasi esa Agentlikka bevosita, elektron pochta, Call-markaz hamda elektron platformalar orqali yo‘llangan.

☑️ Murojaatlarning 369 tasi ijobiy hal etildi, 248 tasi bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, ayni paytda 87 ta murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, 2026-yilning uchinchi choragi holatiga Call-markaz orqali 3 984 ta murojaat qabul qilinib, ular yuzasidan zarur tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📊 Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha batafsil ko‘rsatkichlar — infografikada.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #91 4

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

#Brifing

✔️Murojaatlar bilan ishlashda asosiy mezon — amaliy natija

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish hamda tadbirkor va fuqarolarga tezkor ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida Agentlikka 704 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 369 tasi ijobiy hal etildi, 248 tasi bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, 87 tasi esa ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, 2026-yilning uchinchi choragi holatiga Call-markaz orqali 3 984 ta murojaat qabul qilinib, Agentlik mutaxassislari va davlat xaridlari operatorlari bilan hamkorlikda zarur tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

➡️ Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar — brifingda batafsil.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Older posts →

About this channel

How can I read @icppa_xorazm01 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xorazm viloyati loyiha ofisi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xorazm viloyati loyiha ofisi have?
Xorazm viloyati loyiha ofisi (@icppa_xorazm01) has 15 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xorazm viloyati loyiha ofisi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →