TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #882 541
#Sanoat_Qahramonlari
26-qahramon

2 ming inson mehnati ortidagi “Premier electrotech”

“Sanoat qahramonlari” loyihasining 26-qahramoni — “Premier electrotech” brendi asoschisi Saidmuxtor Saidnuriddinov.


🏭 Bugun korxonada konditsioner, televizor, yarim avtomat kir yuvish mashinasi, changyutgich kabi maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot turiga qarab, mahalliylashtirish darajasi 55 foizdan 90 foizgacha yetgan.

Muhimi, yangi mahsulotni shunchaki yig‘ish emas, uning butlovchi qismlarini ham bosqichma-bosqich mahalliylashtirish tamoyili asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

👥 Korxonada bugungi kunda 2 mingga yaqin yurtdoshimiz mehnat qilmoqda.

🌍 Mahalliy maishiy texnika Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya bozorlariga yetkazib berilmoqda. Yaqinda esa Suriya yo‘nalishida ham eksport boshlangan. Korxona 2026-yil yakuniga qadar eksport hajmini qariyb 40 million AQSH dollariga yetkazishni maqsad qilgan.

⚙️ Keyingi bosqichda ishlab chiqarish qatorini yanada kengaytirib, suv isitgichlari, avtomat kir yuvish mashinalari, gaz plitalari va boshqa turdagi maishiy texnikalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🎬 Mahalliylashtirish 90 foizgacha. 2 mingga yaqin ish o‘rni. Eksport geografiyasi esa kengaymoqda.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 26-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  2. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  3. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  4. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  5. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  6. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →