#Sanoat_Qahramonlari
25-qahramon
Radiator ortidagi 23,5 million dollarlik hikoya
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 25-qahramoni — Jahongirmirzo Jumanazarov, “Osten Technologies” MChJ muhandis-texnologi.
🏭 23,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya asosida tashkil etilgan korxona panel radiatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2025-yil dekabr oyida ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.
📈 Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilgan 72 milliard so‘mlik panel radiatorlar ichki bozorga yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar mahsulot realizatsiyasi hajmini 137 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
⚙️ E’tiborlisi, korxonada ishlab chiqarilayotgan panel radiatorlarning mahalliylashtirish darajasi 80 foizdan oshgan. Keyingi maqsad esa ushbu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish.
🌍 Korxona tashqi bozorga chiqishni ham boshlagan. Hozirgacha 60 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, yil oxirigacha eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.
🎬 23,5 mln dollar investitsiya. 80% dan yuqori mahalliylashtirish. Keyingi marra — 100% va yangi eksport bozorlari.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 25-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #881
860