👜 Ochiq muloqotdagi tashabbus – tadbirkor uchun amaliy natija
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida davlat xaridlarida tadbirkorlarning mablag‘larini ortiqcha muddatga band qilib turgan muammolardan biriga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mahsulot yetkazib berilganidan keyin ham ayrim hollarda tadbirkorlarning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan kafolat mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmayotgani qayd etildi. Endilikda qabul qilingan tovar bo‘yicha ushbu mablag‘larni avtomatik qaytarish tizimini joriy etish belgilandi.
🏢 Buning amaliy natijasini “Tafakkur xizmati samarasi” korxonasi misolida ham ko‘rish mumkin.
2021-yildan buyon kompyuter va qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona davlat xaridlaridagi tanlov va tenderlarda muntazam qatnashib keladi. Faoliyati davomida korxonaning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan ayrim kafolat mablag‘lari qaytarilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan so‘ng korxonaning qaytarilishi kutilayotgan kafolat mablag‘lari qaytarildi.
💬 Korxona rahbarining ta’kidlashicha, mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ularni aylanmadan chiqarib qo‘ymaslik, keyingi tenderlarda faolroq qatnashish va yangi shartnomalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #876
456