TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #871 523
#Sanoat_Qahramonlari
22-qahramon

Surxondaryoda ishlab chiqarilib, 100% eksport qilinmoqda

Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanib, mahsulotni to‘liq tashqi bozorga yo‘naltirish — Surxondaryodagi yana bir sanoat korxonasining bugungi natijasi.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 22-qahramoni — Xudoyor Isroilov, “Khilal Vortex” MChJ rahbari.

🏭 Korxonada sun’iy va tabiiy tolalardan 7 turdagi ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📈Bugungi kunda korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 tonna ip-kalavani tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.

💼 Korxonani tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun 18,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan.

Bu — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratish va tayyor mahsulot bilan tashqi bozorga chiqishning amaliy misollaridan biri.

🎬 400 ta ish o‘rni. 70% mahalliylashtirish. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 100% — eksportga.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 22-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🤩 1
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  2. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  3. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  4. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  5. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  6. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →