TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #865 823
Tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”da tilga olingan 4 trillion so‘mlik natijaning bir misoli — MCity

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik korxonalar bilan bog‘layotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmalari natijalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ko‘rgazmalar doirasida tadbirkorlar va yirik buyurtmachilar o‘rtasida 4 trillion so‘mlik shartnomalar tuzilgani qayd etildi.

Bu raqamlar ortida esa real korxonalar va yangi hamkorliklar bor.

✈️ Shulardan biri — aeroportlar uchun maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchi MCity korxonasi.

Korxona rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizovning ta’kidlashicha, transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida MCity va Uzbekistan Airports o‘rtasida 75 milliard so‘mlik memorandum imzolangan.

Ko‘rgazma korxona uchun nafaqat ichki bozorda yangi buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish, balki xorijiy sheriklar topish uchun ham amaliy maydonga aylandi. Natijada Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda korxona Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportiga aerodrom maxsus texnikalarini yetkazib bermoqda.

🤝 Bu — “Milliy sanoat zanjiri”ning asosiy maqsadi amalda qanday ishlayotganiga bir misol: mahalliy ishlab chiqaruvchini yirik buyurtmachi bilan uchrashtirish, kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish va bu aloqani real buyurtma hamda yangi bozorlarga olib chiqish.

Ko‘rgazma — ikki kun. Unda boshlangan hamkorlik esa yillarga davom etishi mumkin.

🎥 MCity rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizov “Milliy sanoat zanjiri” korxonaga qanday yangi imkoniyatlar bergani haqida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  2. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  3. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  5. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  6. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →