TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #674 585
🇺🇿 🇫🇷Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

13-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi vakillari bilan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Muloqot davomida davlat xaridlarini raqamlashtirish, interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, elektron platformalarning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, xarid jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda monitoring mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Insofsiz ijrochilar reyestrini yuritish tizimi, uni shakllantirish mezonlari va huquqiy asoslari, mazkur mexanizmning davlat xaridlaridagi xavflarni kamaytirish hamda shartnoma majburiyatlari ijrosini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

📍 Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy yechimlarni joriy etish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda davlat xaridlari sohasida amaliy hamkorlik va tajriba almashishni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →