Xizmatlarni mahalliy deb e'tirof etishning yangi tartibi bo‘yicha Nizom loyihasi ochiq muhokamaga qo‘yilmoqda.
Muhokamada quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqiladi:
✔️ qaysi mezonlar asosida xizmatlar mahalliy deb e'tirof etiladi;
✔️ mahalliy xizmatlarni tasdiqlovchi sertifikat berish tartibi;
✔️ sertifikatga ega xizmatlarni Elektron kooperatsiya portali hamda davlat xaridlari elektron tizimlarining "Milliy do‘kon" sahifalarida joylashtirish tartibi;
✔️ xizmatlarning mahalliylik darajasini baholash mezonlari;
✔️ sertifikat olish uchun tadbirkorlarga qo‘yiladigan talablar va amaliy jarayonlar.
Agar siz xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritsangiz, mazkur Nizom loyihasi aynan sizning faoliyatingizga ta'sir qilishi mumkin.
🗓 13-iyul 2026-yil;
⏱️ Soat 11:00;
📍 "FrankFort" mehmonxonasi, Toshkent shahri, Ne'mat ko‘chasi, 4-uy;
📞+998 (71) 230-23-64;
🎤 Nizom loyihasi bilan oldindan tanishing va takliflaringiz bilan ishtirok eting.
🔗 Nizom loyihasi
Sizning amaliy fikr va takliflaringiz yakuniy hujjatni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
