🔊“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 6️⃣ kun qoldi
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda jamlab, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, bundan oldingi Ohangaron shahrida o'tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida 112 ta korxonaning 1 900 dan ortiq mahsuloti namoyish etilgan, 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan hamda 60 dan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etilgan.
Bu galgi ko‘rgazmada esa transport sohasidagi mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari, mahalliylashtirish imkoniyatlari, butlovchi qismlar va yangi texnologik yechimlar namoyish etiladi.
⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish
👨💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #625
603

- 👍 6
- 🔥 2
- 🫡 2