TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #622 9.37K
❗️Transport sohasidagi yangi ishlab chiqarish loyihalari nimadan boshlanadi?

Ba'zan bitta uchrashuv yangi mahsulot ishlab chiqarilishiga, yangi kooperatsiya aloqasi esa yirik davlat buyurtmasiga asos bo‘lishi mumkin.

Shu maqsadda joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur platformada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari va texnologik yechimlarini bevosita buyurtmachilarga taqdim etish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✔️"Milliy sanoat zanjiri" turli tarmoqlar bo‘yicha muntazam tashkil etiladigan amaliy platforma hisoblanadi. Joriy yil may oyida o‘tkazilgan ilk ko‘rgazma yakunida 2,7 trillion so‘mlik qo‘shimcha kelishuv va shartnomalarga erishilgani ushbu formatning amaliy samara berayotganini ko‘rsatdi.

📹 Ushbu videoda transport sohasidagi "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasining mazmuni, u mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratishi hamda nima uchun aynan bugun bu platformada ishtirok etish muhimligi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

📝 Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • ❤ 1
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026✔️17-oktabr kuni Agentlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi! Sanoat koopera…
  2. Oct 15, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘…
  3. Oct 15, 2026🏛️ Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantiris…
  4. Oct 15, 2026“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Mustaqilligimizning…
  5. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  6. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →