Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo'nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etiladi.
➡️ Ko‘rgazma transport sohasida davlat xaridlari orqali mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi ishlab chiqarish va investitsiya loyihalarini shakllantirishga qaratilgan.
Ko‘rgazma doirasida transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, butlovchi qismlar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar namoyish etiladi.
Tadbir davomida davlat xaridlari, mahalliy kontentni kengaytirish, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, investitsiyalarni jalb etish, logistika, malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy muloqotlar va hamkorlik uchrashuvlari tashkil etiladi.
✔️ Hurmatli tadbirkorlar, ko‘rgazmada siz:
🤝 transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining xarid ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish;
🤝 mahsulot va texnologik yechimlaringizni bevosita buyurtmachilarga taqdim etish;
🤝 yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish;
🤝 yangi kooperatsiya aloqalari, istiqbolli shartnomalar va ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — transport sohasidagi davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini kengaytirish, yirik davlat buyurtmachilarining ehtiyojlari asosida yangi ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Transport sanoati rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarni mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
"Milliy sanoat zanjiri" — mahalliy ishlab chiqaruvchi va yirik davlat buyurtmachisi uchrashadigan maydon.
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, "Sof Expo" ko‘rgazma markazi.
📞 Ma'lumot uchun: (97) 888-10-01, (33) 711-08-88
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
