📍 Hududlarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar ommaviy axborot vositalari e'tiborida. Xususan, 26-iyun kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ochiq muloqot ham OAV sahifalarida keng yoritildi.
Mazkur ochiq muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilib, unda tadbirkorlar, davlat buyurtmachilari hamda sohaga mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✔️ Tadbirda 57 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti vakili va 22 nafar davlat buyurtmachisi bevosita qatnashdi. Shuningdek, 15 ta hududiy studiya orqali 126 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi.
➡️ Muloqot davomida 23 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi:
➡️ 7 tasi joyida hal etildi;
➡️ 3 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 13 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Muloqot davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlariga keng jalb etish, davlat xaridlari bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish, Elektron kooperatsiya portalida logistika xizmatini yo‘lga qo‘yish hamda yangi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilindi.
✍️ Hududlardagi ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Ularning asosiy maqsadi – tadbirkorlarning muammo va takliflarini joylarda o‘rganish, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqoti uchun puxta takliflar bazasini shakllantirishdan iborat.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin