TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #547 230

Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

🔊 Tadbirkorlar uchun yangi moliyaviy imkoniyat!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning savdolardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali hamda Garant Bank hamkorligida onlayn kredit xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur xizmat orqali tadbirkorlar savdolarda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan zakalat, komissiya va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

➡️ Xususan:
✔️ 500 ming so‘mdan 100 million so‘mgacha kredit;
✔️ Birinchi foydalanishda 30 kungacha foizsiz davr;
✔️ Garov talab etilmaydi;
✔️Hech qanday ortiqcha to‘lovlarsiz;
✔️ Komissiya va zakalat to‘lovlarni kredit hisobidan amalga oshirish imkoniyati.

📲 Xizmatdan foydalanish tartibi:

➡️ Elektron kooperatsiya portalidagi “Kredit olish” bo‘limiga o‘ting;
➡️ Kerakli xizmatni tanlang;
➡️ So‘rov yuboring;
✅ Mablag‘ kredit hamyoningizga o‘tkaziladi.

Mazkur loyiha tadbirkorlarning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning savdolardagi faolligini oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

#ElektronKooperatsiya #OnlaynKredit #GarantBank #Tadbirkorlar #DavlatXaridlari #SanoatKooperatsiyasi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedinм
  • 👍 7
  • 👏 6
  • 🔥 3
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  2. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  3. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  4. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  5. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  6. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →