TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #546 463
#Davlat_xizmati_kuni

“Oʻzgarishlar kundalik mehnat samarasi oʻlaroq dunyoga keladi”: Umid Abdullayev hikoyasi

Umid Abdullayev — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatı, Sidney universiteti magistraturasi bitiruvchisi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Xalqaro va ilmiy-ishlab chiqarishlar hamkorligi boʻlimi bosh mutaxassisi.

Bir necha yil avval u Avstraliyada davlat boshqaruvi, institutsional rivojlanish va iqtisodiy siyosatning eng ilgʻor xalqaro tajribalarini oʻrgangan edi. Bugun esa bu bilimlar, garchi oddiy odam uchun bir qarashda sezilmasa-da, uzoq istiqbolda davlat boshqaruvi sifati va mamlakat iqtisodiyoti samaradorligini belgilaydigan islohotlarda qatnashishiga koʻmaklashmoqda.

“Men uchun davlat xizmati — bu ertangi kunga taʼsir koʻrsatish imkoniyati. Balandparvoz bayonotlar orqali emas, balki yillar davomida ishlaydigan tizimli yechimlarni topish orqali”, — deydi Umid.

Koʻpchilik davlat muvaffaqiyati, avvalo, tabiiy resurslar, investitsiyalar yoki qulay geografik joylashuvga bogʻliq, deb hisoblaydi. Biroq jahon amaliyoti buning aksini koʻrsatadi.

Eng muvaffaqiyatli mamlakatlar kuchli institutlar va ularning kundalik faoliyatini taʼminlaydigan professional kadrlar atrofida quriladi.

Aynan shuning uchun ham Umid oʻz faoliyatini nafaqat aniq loyihalar bilan, balki davlat boshqaruvining yangi madaniyatini shakllantirish bilan ham bogʻlaydi.

“Davlat sektorida professionallikni rivojlantirishga hissa qoʻshayotganimdan faxrlanaman. Zero, kuchli iqtisodiyot kuchli institutlardan, kuchli institutlar esa malakali mutaxassislardan boshlanadi”.


Bugungi kunda u sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq loyihalarda ishtirok etmoqda.

“Davlat xaridlari innovatsiyalarni ragʻbatlantirishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga, yangi ish oʻrinlari yaratishga va byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qodir. Shu bois koʻplab mamlakatlarda u allaqachon iqtisodiy siyosatning muhim vositasi sifatida qaraladi”.

Uning faoliyatidagi yana bir muhim yoʻnalish — inson kapitalini rivojlantirishdir. Umid Abdullayev mutaxassislar malakasini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish va soha vakillari uchun zamonaviy taʼlim dasturlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi.

Masʼuliyatning yuqori darajasiga qaramay, motivatsiyani saqlab qolishga nima yordam beradi, degan savolga u falsafiy ohangda javob beradi:

“Poʻlat yuqori haroratda toblanib, pishiqroq boʻladi. Inson ham xuddi shunday. Qiyinchiliklar, masʼuliyat va sinovlar yanada kuchli, professional va bardoshli boʻlishga yordam beradi”.

Uning soʻzlariga koʻra, eng muhim islohotlar kamdan-kam hollarda tez roʻy beradi. Ular hech qachon diqqat markazida boʻlmasligi mumkin boʻlgan yuzlab mutaxassislarning kundalik mehnatidan tashkil topadi, biroq aynan ularning saʼy-harakatlari tufayli institutlar, yondashuvlar va butun boshli tizimlar asta-sekin oʻzgarib boradi.

“Men bugungi mehnatimiz kelajak avlodlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga chin dildan ishonaman. Shuning uchun ham davlat xizmati men uchun bu — Vatan oldidagi burchimni ado etish imkoniyatidir”.


🔗 Website: El-yurt.uz

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 👏 7
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 🆒 2
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  2. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  3. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  4. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  5. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  6. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →