TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #1144 377
📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

“O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi”, — dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustoz va murabbiylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.


Darhaqiqat, ustoz — inson hayotiga bilim va ma’rifat olib kiradigan, yosh avlodning dunyoqarashi, kasbiy salohiyati va kelajagini shakllantiradigan ulug‘ zotdir. Har bir sohadagi yutuq, taraqqiyot va bunyodkorlik zamirida ustoz bergan bilim, tarbiya va saboq mujassam.

🏛️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, uning bilimli va malakali inson bo‘lib kamol topishi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌹🌷 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 2, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgaz…
  2. Oct 2, 2026✔️Navbatdagi xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi 🇨🇳Shenchjen va Tyanszin shaharlarida San…
  3. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  4. Oct 1, 2026🇨🇳 Xitoyda xalqaro o‘quv seminari yakunlandi Joriy yilning 4–24-sentabr kunlari Xitoy Xa…
  5. Sep 30, 2026✔️ “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qitu…
  6. Sep 30, 2026#Axborot24 |30.09.2026 "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi mtrk.uz | Instagram | Youtube |…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →