TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #1009 5.28K
📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalari bilan kooperatsiya o‘rnatish, o‘z mahsulotingizni bevosita buyurtmachilarga taklif qilish yoki tarmoq ehtiyojidan kelib chiqib yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?

29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish imkonini beradi.

✅ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Buning uchun yuqoridagi QR-kodni skanerlang va ro‘yxatdan o‘ting.

🗓 29–30-sentabr, 2026-yil

📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

Zanjirda siz uchun ham joy bor.

✔️ Ro‘yxatdan o‘tish

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 🙏 3
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  2. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  3. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  4. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  5. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  6. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →