EMPOWER loyihasi yakuniy konferensiyasida NamDCHTI munosib ishtirok etdi!
Central Asian University (CAU) mezbonligida Erasmus+ dasturi doirasidagi EMPOWER xalqaro loyihasining yakuniy bosqichiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi. Nufuzli anjumanda loyiha hamkori bo'lgan oliy ta'lim muassasalari vakillari shu kungacha erishilgan natijalar va ularni keng ommaga yetkazish (dissemination) bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, loyiha yakunlangandan keyin ham uning barqaror davom etishini ta'minlovchi istiqbolli rejalar (sustainability plan) haqida taqdimotlar bilan chiqdilar.
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutidan loyiha koordinatori P. Lutfullayev hamda loyiha trenerlari A. Amanov, N. Jakbarova va F. Maxmudovalar ishtirok etib, institutimizda loyiha doirasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, o'tkazilgan treninglar va kelgusidagi rejalar xususida mazmunli taqdimotlar qildilar. Taqdimotlar ishtirokchilar va xalqaro hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi hamda NDCHTI ustozlari esa ushbu dasturning eng mehnatsevar jamoasi deb tan olindi.
Mazkur loyiha institutimiz professor-o'qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Loyiha natijalari bundan keyin ham institutimiz ta'lim jarayonida izchil qo'llanib, yangi marralarga xizmat qiladi.
👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
| Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |
Post #42469
975



- ❤🔥 1
- ❤ 1
- 👍 1
- 🎉 1