TALABA-YOSHLAR UCHUN TADBIRKORLIK UCHRASHUVI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga talaba-yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy biznes modellarini o‘rganish, biznes g‘oyalarni real muammolar va mijozlar ehtiyojlari bilan bog‘lash hamda o‘z biznes loyihalarini shakllantirish maqsadida “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni va “Shuhrat” medali sohibasi, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “RUNAMTEX” MCHJ raxbari Maxfuza Gyumyush Malikjanovna tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlikning mazmun-mohiyati, biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish bosqichlari, istiqbolli biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, zamonaviy biznes modellaridan samarali foydalanish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yoshlarni zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashda tadbirkorlikning o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbirkor ayol o‘zining ko‘p yillik tajribasi, biznes faoliyatidagi muvaffaqiyatlari va amaliy faoliyati misolida talaba-yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik va mas’uliyat bilan ish yuritish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tashabbuskorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
| Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |
Post #42489
844








