TGViewer
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti @ibratnamdchti · 4.71K subscribers
Post #42450 1.15K
😇😇😇😇😇😇😇😇

KELAJAK SOATI: ODATLAR — HAYOTINGIZNI O‘ZGARTIRADI!

🌱 Buyuk natijalar sari yo‘l kichik, ammo izchil odatlardan boshlanadi.

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarning shaxsiy kamolotini qo‘llab-quvvatlash, ularda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ijobiy fazilatlarni mustahkamlash maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Odatlar — hayotingizni o‘zgartiradi” mavzusida o‘tkazildi.

✍️ Mashg‘ulotni Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha birinchi prorektor X. Nishonov olib bordi.

📚 Suhbat davomida kundalik odatlarning inson hayoti va shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni, ularning ta’lim jarayoni hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlarga ta’siri muhokama qilindi. Xususan, vaqtni samarali boshqarish, kitob mutolaasiga e’tibor qaratish, intizom va mas’uliyatni mustahkamlash, shuningdek, muntazam ravishda bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirib borishning ahamiyati qayd etildi.

🎁 Mashg‘ulot doirasida faol ishtirok etib, o‘z fikrlari va mazmunli mulohazalari bilan ajralib turgan talabalarga birinchi prorektor
X. Nishonov tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu rag‘batlantirish yoshlar orasida mutolaa madaniyatini ommalashtirish, bilim olishga intilishni kuchaytirish va intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

✨ Mashg‘ulot yakunida talabalar kundalik odatlarning kelajakdagi natijalarga ta’siri, vaqtning qadriga yetish va belgilangan maqsadlar sari izchil harakat qilish borasida muhim xulosalarga ega bo‘ldilar.

Zero, kelajak tasodifiy qarorlar bilan emas, bugun shakllantirilgan foydali odatlar va izchil harakatlar bilan yaratiladi!


👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

| Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |
  • ❤ 1
More from @ibratnamdchti
  1. Oct 12, 2026QO‘QON TARIXI VA MADANIYATI BILAN TANISHUV ✨Tarixiy obidalar va madaniy maskanlar bilan ta…
  2. Oct 12, 2026📌 Kontrakt to'lash muddati yakunlanmoqda! Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 20…
  3. Oct 12, 2026ISTE’DODLAR HIKOYASI "BILIMLI QIZLAR-BILIMLI OILA" 🎓 Har bir iste’dod ortida bir maqsad,…
  4. Oct 12, 2026📣 E’LON Hurmatli doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar! 👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Naman…
  5. Oct 11, 2026“Mening o‘rnimga natijalarim gapirsin” — Shamsiddin Vohidovning g‘alaba formulasi Xalqaro…
  6. Oct 11, 2026#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi Talabalar doimiy e’tiborda! Respublikamizdagi oliy ta’li…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →