✨Tarixiy obidalar va madaniy maskanlar bilan tanishish yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlaydi. Shu maqsadda p.f.f.d., dotsent D.T. Akmalova rahbarligida M.RUS-AU-25 guruhi 2-kurs magistrantlari uchun Qo‘qonga ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil qilindi.
Magistrantlar shaharning tarixiy o‘tmishi, me’moriy yodgorliklari va Farg‘ona vodiysining an’analarini o‘rgandilar.
📍 Xudoyorxon saroyi (XIX asr). Nafis koshinkorligi va milliy me’morchilik an’anasi bilan ajralib turadi.
📍 Jome masjidi va amaliy san’at muzeyi. Me’moriy namunalar, yog‘och o‘ymakorligi va xalq amaliy san’ati ko‘rsatiladi.
📍 Daxmai Shohon maqbarasi. Qo‘qon xonligi tarixiga oid muhim maskan.
📍 Modarixon maqbarasi. Tarixiy ahamiyati va me’moriy xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi.
Sayohat magistrantlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash va milliy merosga qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Tarixni o‘rganish va madaniy merosni asrab-avaylash har birimizning vazifamizdir.
👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
| Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram |




