TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.29K subscribers
Post #11021 237
😊😊😊😊😊

Suyultirilgan gaz ta’minotida davlat monopoliyasidan bozor mexanizmlariga: nimalar o‘zgaradi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi.

❓ Bu nimani anglatadi?
Sohaga xususiy tadbirkorlarni jalb qilish, gaz yetkazib beruvchilar o‘rtasida raqobatni rivojlantirish va ta’minot tizimini takomillashtirishni anglatadi. Prezidentning 2026-yil 12-sentabrdagi PQ–326-son qarori ushbu o‘zgarishlarning huquqiy asosini belgilaydi.

❓ Aholi ta’minoti qanday bo‘ladi?
Qarorda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ustuvorligi alohida belgilangan. Asosiy maqsad — mavjud resurslardan oqilona foydalanib, gazni xonadonlarga o‘z vaqtida va yetarli miqdorda yetkazishdir.

❓ Xususiy tadbirkorlar qanday ishtirok etadi?
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabrdan Andijon viloyatida tajriba sifatida tadbirkorlar import qilgan suyultirilgan gazni iste’molchilarga maishiy ballonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, erkin narxlarda yetkazib berish loyihasi belgilangan.

❓ Yangi tizim birdaniga barcha hududlarga tatbiq etiladimi?
Yo‘q. Mazkur tizim PQ326-sonli qaroring 7 bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablar to‘liq bajarilgandan so‘ng tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgandan so‘ng hududlarda bosqichma bosqich joriy etish nazarda tutilgan.


📌 Islohotning maqsadi — aholi ta’minoti barqarorligini oshirish, sohaga investitsiya jalb qilish va yetkazib berish tizimini zamonaviylashtirish.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Oct 16, 2026Prezidentimiz “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi. —…
  2. Oct 16, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqa…
  3. Oct 16, 2026Prezidentimiz “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashdi. — Пр…
  4. Oct 16, 2026🇺🇿 Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tizim: nimalarni bilish kerak? Prezidentimiz tash…
  5. Oct 16, 2026😊😊😊😊😊 ⚡️ Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tartib Aholini suyultirilgan gaz bilan t…
  6. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →