✅AMALIYOT OFISI 5-MAVSUM
Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot Ofisi aynan siz uchun!
🎯Amaliyot Ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Sizni nimalar kutmoqda?
• Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot
• Stipendiya olish imkoniyati
• Trening, seminar va uchrashuvlar
• Kasbiy va shaxsiy rivojlanish
• Kuchli jamoa va professional aloqalar
• Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash
Amaliyot vaqti:
Dushanba–juma
Kuniga 6 soat
📌 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring
2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring
3️⃣ CVingizni yuklang
4️⃣ IQ testdan o‘ting
5️⃣ Arizani yuboring
Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur.
⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Qo’shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer
Post #924
2.59K