TGViewer
#Gashtak #Gashtak @hashtag_gashtak · 1.16K subscribers
Post #577 394
«O'zingizni yo'qotilgan avlod vakili deb bilasizmi?»

Gashtak podkastining so'nggi sonida mehmon bo'lgan Teacher Azam menga shunday savol berdi. Bu kutilmagan savol edi va u meni hali ham o'ylantiryapti. Shuning uchun ham bu haqida yozyapman. Xo'sh, «yo'qotilgan avlod» o'zi nima?

Lost Generation - «Yo'qotilgan avlod» iborasini yozuvchi Gertruda Stayn Parijda Ernest Xemingueyga aytgan. Xeminguey uni 1926-yilda chiqqan «Quyosh baribir chiqaveradi» (The Sun Also Rises) romaniga epigraf qilib qo'ygan.

Bu avlod Birinchi jahon urushi yillarida voyaga yetgan, o'lim va ma'nosiz qirg'inliklar ko'rgan avlod. Ularga urushdan avval vatanparvarlik, sharaf tuyg'ulari singdirilgan edi, urushdan keyin esa bu so'zlar ularga yolg'ondek tuyuldi. Uyga qaytgach, ular na eski hayotga moslasha oldi va na uning o'rnini to'ldiradigan yangi maqsad topa olishdi. «Yo'qotilgan» so'zi ularning o'lganini emas, yo'lini va hayot ma'nosini yo'qotganini bildiradi.

Qizig'i, Xemingueyning o'zi bu nomga to'liq qo'shilmagan. Romanga Injildan ikkinchi epigraf ham qo'shib qo'ygan: «Bir avlod ketadi, boshqasi keladi, yer esa abadiy qoladi». Ya'ni hayot davom etadi.

Teacher Azam shu iborani bizning avlodga qo'llab ko'rdi. Bu 1984-yilda tug'ilgan, 90-yillarda katta umidlar bilan ulg'aygan yoshlar. Men «yo'q» deb javob berdim. Endi sizdan so'rayman - Siz o'zingizni «yo'qotilgan avlod» vakili deb hisoblaysizmi? Nimaga?
  • 🔥 4
  • ❤ 3
More from @hashtag_gashtak
  1. Oct 2, 2026Baxtning dozasi har xil Siz uchun baxt bo‘lgan narsa boshqasi uchun umuman baxt bo‘lmaslig…
  2. Oct 2, 2026Nimaga Ronaldoni hurmat qilamiz? Uning hozirgi holatiga nima sabab: iroda, genlar, muhit y…
  3. Oct 1, 2026“Senda o’xshamaydi” deyishgan Til o’rganish qanday bo’lishi kerak? Psixologik omil qanchal…
  4. Oct 1, 2026Hozir menga qahramon bo’lish oson… Teacher Azam: “O‘zbekiston buyuk bo‘lishini xohlayman,…
  5. Oct 1, 2026Video montaj ustasini izlamoqdamiz! Agar siz: — Media sohasida rivojlanmoqchi boʻlsangiz;…
  6. Sep 30, 2026Duolingo’da til o’rgansa bo’ladimi? Ilovaning biznes modeli qanday? U orqali 0dan til o’rg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →