TGViewer
Channel Public Channel
Subscribers
1.16K
Photos
91
Videos
332
Links
430
Recent Posts 20 shown
Post #581 336
Video montaj ustasini izlamoqdamiz!

Agar siz:
— Media sohasida rivojlanmoqchi boʻlsangiz;
— Adobe Premiere Pro, After Effects kabi dasturlarda ishlay olsangiz, unda bu ish aynan siz uchun.

Bu soha sizga qiziq boʻlsa, @rsdnrs ga o’zingiz va ish tajribangiz haqida yozing yoki shu xabarni montajyor tanishlaringizga yuborib qo’ying!
Post #579 358
Bugun - Xalqaro podkast kuni ekan.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar bizga ko'proq gapirish, ma'lumot almashish imkonini berdi. Lekin chuqurroq suhbatlashish imkonini-chi?

Ijtimoiy tarmoqlarda fikr ko'pincha bir necha jumlaga, ba'zan bir necha soniyaga sig'ishi kerak. Tezroq gapirish, aniqroq pozitsiya olish, e'tiborni ushlab qolish kerak.

Yaxshi podkast esa buning aksi. U fikrni oxirigacha tushuntirishga, unga qarshi savol berishga, bir masalaga turli nazardan qarab javob berishga imkon beradi.

Balki podkastning eng katta qiymati javoblarda emas, kuchli va to'g'ri savollarda hamdir. Yaxshi savol va mazmunli javob uchun esa vaqt kerak.

O'zbek tilida ko'proq sifatli va chuqur suhbatlar paydo bo'layotgani shunchaki o'zbek tilidagi kontent ko'payyapti degani emas. Bu o'zbek tilida gaplashish mumkin bo'lgan mavzular doirasi ham kengayyapti degani.

Shunday ekan, bugun Xalqaro podkast kunida sizga bitta savol beraman:
Gashtakning qaysi suhbatini eshitib, fikringiz yoki dunyoqarashingiz o'zgardi?

P.S. Barcha suhbatlarimizni va mehmonlarimiz tavsiya qilgan kitoblarni bir joyga yig'dik: gashtak.group/podcast
Kirib ko'ring, fikringizni yozing va foydali bo'lsa, do'stlaringizga ulashing.
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #577 389
«O'zingizni yo'qotilgan avlod vakili deb bilasizmi?»

Gashtak podkastining so'nggi sonida mehmon bo'lgan Teacher Azam menga shunday savol berdi. Bu kutilmagan savol edi va u meni hali ham o'ylantiryapti. Shuning uchun ham bu haqida yozyapman. Xo'sh, «yo'qotilgan avlod» o'zi nima?

Lost Generation - «Yo'qotilgan avlod» iborasini yozuvchi Gertruda Stayn Parijda Ernest Xemingueyga aytgan. Xeminguey uni 1926-yilda chiqqan «Quyosh baribir chiqaveradi» (The Sun Also Rises) romaniga epigraf qilib qo'ygan.

Bu avlod Birinchi jahon urushi yillarida voyaga yetgan, o'lim va ma'nosiz qirg'inliklar ko'rgan avlod. Ularga urushdan avval vatanparvarlik, sharaf tuyg'ulari singdirilgan edi, urushdan keyin esa bu so'zlar ularga yolg'ondek tuyuldi. Uyga qaytgach, ular na eski hayotga moslasha oldi va na uning o'rnini to'ldiradigan yangi maqsad topa olishdi. «Yo'qotilgan» so'zi ularning o'lganini emas, yo'lini va hayot ma'nosini yo'qotganini bildiradi.

Qizig'i, Xemingueyning o'zi bu nomga to'liq qo'shilmagan. Romanga Injildan ikkinchi epigraf ham qo'shib qo'ygan: «Bir avlod ketadi, boshqasi keladi, yer esa abadiy qoladi». Ya'ni hayot davom etadi.

Teacher Azam shu iborani bizning avlodga qo'llab ko'rdi. Bu 1984-yilda tug'ilgan, 90-yillarda katta umidlar bilan ulg'aygan yoshlar. Men «yo'q» deb javob berdim. Endi sizdan so'rayman - Siz o'zingizni «yo'qotilgan avlod» vakili deb hisoblaysizmi? Nimaga?
  • 🔥 4
  • ❤ 3
Post #575 407

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 12
  • 👍 2
Post #574 417
#Gashtak Video message

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 10
  • 👍 3
Post #569 11.5K
🎙Yangi Gashtak podcast!

Bu safargi mehmonimiz - Teacher Azam va Azam Qahramoniy taxalluslari bilan tanilgan ingliz tili o‘qituvchisi va Englify platformasi asoschisi.

Suhbat davomida:
• Tanqidiy fikrlash va raqobat
• Ta’lim va tarbiyada qat’iy intizom
• O‘zbek oilalaridagi “uyat”
• Milliy g‘oyani kim va qanday shakllantiradi?
• Ochiq tanqid, senzura va blogerlikning kelajagi
• Duolingo, subtitr bilan film ko‘rish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik.

😊 To’liq suhbatni Gashtak YouTube kanalida tomosha qiling!
  • 👍 11
  • 👎 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #568 729
🗣So’z erkinligiga o’z hissamni qo’sha olamanmi?

Murojaat anonim qo’lishi - bu fikrning ta’siri qolmadi degani! Fuqaro sifatida so’z erkinligiga qanday qilib hissa qo’shishingiz mumkinligi haqida batafsil bilib oling!

▶️ To’liq YouTube’da tomosha qiling!
  • 👍 5
Post #567 788
⚽️ Futbolimiz rivojlanishi uchun nima qilish kerak?

Suhbatda aytilgan fikrlarga qo’shilasizmi? Bizda futbol rivojlanishiga yana qanday sabablar qilish mumkin?

▶️ To’liq YouTube’da tomosha qiling!
  • 👍 5
  • ❤ 3
Post #566 923
📰 Yangiliklarni o’qishni to’xtating!

Jurnalist Muhrim A’zamxo’javev “yangiliklarni o’qimaslik - sog’liqqa foyda” deb ta’kidlashining sababi nima?

▶️ Batafsil YouTube’da tomosha qiling!
  • 👍 7
  • ❤ 1
  • 🤔 1
Post #565 718
Bitta shaxs bilan ko’rishish imkoniyati bo’lganida, kim bilan ko’rishib, suhbatlashardingiz?
Izohlarda o’z javobingizni yozing✍🏻

▶️ To’liq suhbatni YouTube kanalida!
  • 👍 2
  • 🔥 2
Older posts →

About this channel

How can I read @hashtag_gashtak without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for #Gashtak: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does #Gashtak have?
#Gashtak (@hashtag_gashtak) has 1.16K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does #Gashtak know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →