TGViewer
Channel Public Channel
Hasan Tuyliyev Fazosi🌌

Hasan Tuyliyev Fazosi🌌

@hasantuyliyev

👤Kamina - matematik , ilmiy izlanuvchi , Ustoz va ilm tolibi

⚡️Ustozlik , Matematika , shaxsiy rivojlanish , tajriba va hayot haqida gaplashamiz!

Alloh taolo koinotni matematika tilida yaratgan (G.G)

Ilm yo'lidagilar uchun top 20 % kanali!
Subscribers
900
Photos
187
Videos
31
Links
81
Recent Posts 20 shown
Post #1417 94
Hasan Tuyliyev Fazosi🌌 Ajoyib tavsiya bo'libdi. https://youtu.be/yYOSQHZanXQ?si=myetB5-GAmU5XpDs
Post #1415 269
Yo'ldamiz!

Dam olish kuni bu aslida ishli insonlar uchun yangi hayoti uchun eng yaxshi lahzadir.

Siz ham yo'ldamisiz?

Dam olishga nimalarni rejalayabsizlar?

@hasantuyliyev
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Post #1414 272
Magistratura meni qarshi oldi bugun, biroz tanaffusdan keyin yana Ustozlikdan ortib yana o'quvchiga aylandim.

Rosti mazza qildim ,juda sog'inibman talabalik davrimni.

O'qishni mendek yana sog'inganlar bormi?

🔥-- qoldiraylikchi.
  • 🔥 19
  • 😁 1
Post #1413 602
Asil qiymatimiz: "1" yo'qolsa, qolgani nolga teng!

Bir kun darsda o'quvchilarim bilan juda qiziq va chuqur mushohada qildik.

Buyuk riyoziyotchi Al-Xorazmiydan "Ayol kishining qadri nimada va u qanday baholanadi?" deb so‘rashganida, u shunday javob bergan ekan:

• Dini va axloqi: Agar ayol dindor va go‘zal xulqli bo‘lsa, u "1" ga teng.
• Go‘zalligi: Agar u go‘zal ham bo‘lsa, "1" ning yoniga "0" qo‘shilib, qadri "10" bo‘ladi.
• Boyligi: Agar u boy-badavlat bo‘lsa, yana bir "0" qo‘shilib, qadri "100" bo‘ladi.
• Nasabi: Agar u sharafli xonadondan bo‘lsa, yana bir "0" qo‘shilib, qadri "1000" ga yetadi.

Lekin...
Agar eng birinchi bo‘lgan "1" (ya’ni dini va axloqi) yo‘qolsa, qolgan barcha "0"’lar o‘z qiymatini yo‘qotadi va undan hech narsa qolmaydi ("0000 = 0").

Shu mavzuda gapirayotganimizda bir o'y hayolimdan o'tdi: Xo'sh, darsda o'quvchilarim "Ustoz, atrofimizda faqat chiroy va boylikni birinchi o'ringa qo'yib, baribir jamiyatda qarsaklar va olqishlar bilan qadrlanayotganlar bor-ku?" deb e'tiroz bildirishsa, nima degan bo'lardim?

Javobi aniq: "Nolga teng narsalarni olqishlayotganlar — faqat o'ziga o'xshagan nollar xolos" Yilqining qadrini otboqar, javohirning qadrini zargar biladi. Soxta va yuzaki qiymatlarga chalinayotgan har qanday qarsak — hali haqiqat degani emas.

Ushbu matematik majozni hayotimizdagi barcha sohalarga tatbiq etsak bo'ladi:

Muvaffaqiyat formulasida: Eng birinchi turgan "1"— bu sizning intizomingiz va amalingiz (harakatingiz). Bilim, iqtidor, tajriba va omad esa uning ortidan keladigan "0''lardir. Intizom bo'lmasa, qolgan barcha imkoniyatlar samarasizdir.

Xulosa: Sizni olqishlayotgan har qanday qarsak ham haqiqiy e'tirof emas. Asil qiymatingizni soxta qarsaklardan emas, hayotingizning poydevori bo'lgan ushbu "1" raqamidan arang! Unutmangki, har narsani asl qadrini faqat shu sohani Ustalari va Ustozlari biladi!


💡 Eslatma: Ko'pincha bu fikr Beruniyga nisbat beriladi, ammo aslida u matematika va "nol" tushunchasini rivojlantirgan Al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning g'oyaviy ildizi Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning dindor va axloqli qizga uylanish haqidagi hadislariga borib taqaladi.

@hasantuyliyev
  • ❤ 3
Post #1412 292
Assalomu alaykum!

Bizda nima gaplar!

Oxirgi vaqtlarga juda ko'p kutilmagn va rejalanmagan o'zgarishlar bo'lib ketdi.

Yozgi maktabni ajoyib tarzga Ustozimiz Akademik Abdulla Azamovni tashriflari bilan yakunladik. U yerdagi Energiya haqiqatdan o'zgacha bo'ldi ayniqsa juda yaqin kishilarimiz bilan diydorlashish ajoyib.

Keyin yana to'liq Surxandaryodagi o'quv markazim va Ustozlar uchun( @ustozlik_unsuri ) loyihamga e'tibor qaratdim.

Toshkentda o'qishim va ilmiy ishim sababli qaytishim kerakligi uchun ishga kirishga qaror qilib Rahimov Schoolga Matematika Ustozi bo'lib ishga kirdim.

AIFU da esa magistraturani davom ettirish uchun o'qishga 50% grant bilan qabul qilindim.

Yana boshqa ko'p yangiliklar bor, endi ularni ulashib boraman
  • 🔥 7
  • ⚡ 2
Post #1408 787
Hech kim "darsingiz yomon" demaydi. Shunchaki ketishadi

sentabrda guruhingizda 14 ta o'quvchi bor edi.
Noyabrda 9 ta qoldi.

Hech biri sizga "darsingiz yomon" demadi. Hech biri janjal qilmadi. Ular shunchaki asta yo'qoldi — biri "vaqtim yo'q" dedi, biri "oilaviy sabab", biri hech narsa demay ketdi.

Va siz o'ylab qoldingiz: men mavzuni tushuntirdim-ku. Bolalar tushundi-ku.

Nega ketishdi?

Sabab narxda ham, boshqa markazda ham, "bola jiddiy emas"da ham emas.
Sabab — darsning ichida. Va u siz o'ylagan joyda emas.

Maqolada to'liq ochib berdim: o'quvchi aslida nega ketadi, va uni ushlab qoladigan 5 ta aniq mexanizm — ertaga darsingizda qo'llasangiz bo'ladigan darajada.

👉 Maqolani to'liq o'qish

Ustozlik unsuri loyihasi uchun maxsus


@hasantuyliyev
Telegraph Hech kim "darsingiz yomon" demaydi. Shunchaki ketishadi.(Barcha Ustozlar uchun , ayniqsa O'quv Markaz Ustozlariga) Sentabrda guruhingizda 14 ta o'quvchi bor edi. Noyabrga kelib 9 ta qoldi. Hech biri sizga "darsingiz yomon" demadi. Hech biri janjal qilmadi. Ular shunchaki asta yo'qoldi — biri "vaqtim yo'q" dedi, biri "oilaviy sabab", biri hech narsa demay ketdi. Va siz…
  • 🔥 8
Post #1407 546
#iqtibos

"Yaxshi muallim tushuntiradi. Zo‘r muallim ko‘rsatib beradi. Buyuk muallim esa ilhomlantiradi." — Uilyam Uord

Bugungi kunda deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlarni biografiyasiga qarasangiz hammasida hayotida burilish yasagan shunday buyuk Ustozlar bo'lishgan , nega bugun biz shunday bo'lishga yokida ilhomlantirishga harakat qilmay qo'ydik?

@hasantuyliyev
  • 🔥 4
Post #1403 453
Tez orada...
  • ❤ 3
Post #1402 396
Oxirgi 24 soat vaqtim deyarli to'liq yo'lda safarda bo'ldi , bu safar eng ulug' safarlardan biri bo'ldi .

Yo'ldan olingan ibratli so'z esa

Ex biz o'zbeklarda

Yo'g'iga berolmaydi
Borini ko'rolmaydi


Shunday gaplar , hali ajoyib yangilik tayyorlab qo'ydim

@hasantuyliyev
  • 👍 4
Post #1401 381

Forwarded from ABDULMALIK

Suhbat Juda foydali bõldi.
Õzimga kerakli malumotlar oldim .

Ilm yõlida albatta bir Ustozni doimo mahkam tutish kerak ekan.
Õzimga kerakli xulosalar oldim.
Post #1400 411
Ha bugun men uchun bayram , kecha o'zimga katta yangiliklar oldi ko'p hadyalar oldim.

Qani topizlarchi , taxta qoshiqni kega oldim?

@hasantuyliyev
  • 👍 1
Post #1399 836
#ustozlik

Instagramdan qiziq bo'lmasamgiz dars o'tmang!

Instagram va YouTube 1,2 daqiqalik kontent uchun 🍋 $ pul va oylab vaqt sarflanayotganda , biz qanday qilib 45 ,90 daqiqalik darsga kuch sarflamasligimiz kerak!

Zamon bilan hamnafas bo'lmasak , bu zamonda yashash mushkul. Ta'limni rivojlanishiga qarasak oldin ilmi bo'lsa bo'ldi bilim olinib ketilgan , keyin esa talablar o'zgarib bugungi holatga keldi . Ya'ni bugun Ustozga ham bilim , ham tajriba , ham pedagogika, ham psixologiya , ham metodikani bilmasa qiyin holatga tushadi! Oldingi zamon yoshlarini bugungidek chalg'itadigan narsalari bo'lmagani uchun ham ustozlardan kam narsa talab qilingan, ammo bugun shu vaqtgacha bo'lganlardan ko'ra ko'proq vazifalar berilmoqda.

Biz Ustozlarni bugungi raqibimiz Instagram/YouTube dagi Video tayyorlovchilqrdir, ulardan qiziqarli va o'zgacharoq darsni tashkil qilib o'tmas ekanmiz , na qiymatli na qimmatli Ustoz bo'la olamiz!

Buni amalga oshirishni yagona yo'li oldindan jiddiy darslarga tayyorlanish , har bir darsni hayot bilan bog'lab sodda tilda olib borish hamda yana ayrim sirli masalliqlar bor, shu holos!

Biz Ustozlik unsuri dasturidagi ustozlar uchun butun umrlik Instagram / YouTube dan qiziq va o'zgacha bo'lishni o'rgatishni asosiy maqsad qilganmiz!

@hasantuyliyev
Post #1397 304
" Odamlarni muammolaridan pul qilmaydigan odam bo'lmoqchiman" deysdi suhbatdosh SIS ustozi

Biz ham dasturimizni shunday o'zidan , oilasidan ortib jamiyat qayg'usida yonadigan Ustozlarga bag'ishladik!

@hasantuyliyev
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
Post #1396 308
Hasan Tuyliyev Fazosi🌌 Va nihoyat o'sha kun keldi! Uzoooq tayyorgarliklar va albatta sizlarning yordamingiz bilan mening eng sevimli loyiham Ustozlar uchun Mentorlik dasturim tayyor bo'ldi! Tabriklash uchun -- " 🔥" @hasantuyliyev
Haa endi hafa bo'lmaysizlar , 2 ta joyni yaqinlarimiz band qilib qo'ydi.

Qiziq tomoni hali sotuv ochilmagandi , ha yaxshilikga bo'lsin
  • ❤ 3
Post #1395 290
Va nihoyat o'sha kun keldi!

Uzoooq tayyorgarliklar va albatta sizlarning yordamingiz bilan mening eng sevimli loyiham Ustozlar uchun Mentorlik dasturim tayyor bo'ldi!

Tabriklash uchun -- " 🔥"

@hasantuyliyev
  • 🔥 5
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @hasantuyliyev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Hasan Tuyliyev Fazosi🌌: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Hasan Tuyliyev Fazosi🌌 have?
Hasan Tuyliyev Fazosi🌌 (@hasantuyliyev) has 900 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Hasan Tuyliyev Fazosi🌌 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →