TGViewer
Channel Public Channel
ТАҒО ТАЙМ

ТАҒО ТАЙМ

@hamzajumayev

Қўрқсанг айтма! Айтсанг қўрқма!

Tijoriy hamkorlik uchun
@Venkonpr

Murojaat uchun
@tago_gapbor_bot
Subscribers
1.46K
Photos
590
Videos
186
Links
402
Recent Posts 14 shown
Post #1424 6.08K
Erkinjon Turdimov tayinlovi haqida fikrlar turli tuman. Bu shunchaki ajoyib! Jumladan mening ham quyidagi fikrlarimni faqat shaxsiy pozitsiyam sifatida qabul qilinishini so'rayman.

Bizning shu paytgacha qilib kelgan eng katta xatomiz yaxshi o'qituvchini direktor, yaxshi jarrohni vazir, yaxshi muhandisni boshliq qilganimiz bo'ldi. Ko'p hollarda ular rahbarlikda ham kutilgan natija berishmadiyu, jamiyat yaxshi bitta mutaxassisdan judo bo'lgani qoldi.

Rahbar tugul har qanday odam ham hamma narsani bilavermasligi aniq. Bugun Turdimovdan ta'limda tajriba izlayotganlar bor. Lekin, avvalgilarida tajriba bor edi ku! Natija nima bo'ldi? Ta'lim va tibbiyot eng ko'p norozilik uyg'otgan sohalarga aylanib bo'ldi. Ayrim hollarda bu inqirozlar dunyo mediasida ham aks-sado berdi.

Mening fikrimcha, bu sohaga yaxshi menejer kerak. Quyi qatlamning kutuvlarini yaxshi biladigan rahbar kerak. Turdimov shu nuqtagacha quyi bo'g'inda ko'rmagan bilmagani qolmadi hisob. U oddiy odamlarni yaxshi biladi, eshitgan, ko'rgan. Shuning uchun ham undan aynan oddiy ta'lim ishtirokchilariga manfaatli tashabbuslar kutishga haqlimiz.

Ish ko'p! Avvalo ta'lim maskanlarida xavfsiz muhit yaratish, ustozlar qadrini yuksaltirish (maktab da ku hartugul yaxshi, bog'chalar hali islohotga muhtoj), yangi maktab va bog'chalarni aholi soni nisbatiga yetkazish, oliy ta'limni mehnat bozori talablari asosida joriy qilish... ehheee. Erkin akaga oson bo'lmaydi. Lekin, uni shu kursiga munosib ko'rishibdimi, demak eplashiga ishonishgan.

Yana bir gap, fikri ojizimcha Turdimovning asosiy missiyasi --ta'lim va tibbiyot sohasi imijini yaxshilash. Hokim sifatida eng ijobiy imij shakllantirgani, har ketganida aholi xafa bo'lganini ko'rganmiz. Bu shunchaki piarning ishi emas. Bu -- katta iroda, tinimsiz mehnat! Xuddi shu jarayon endi vazir sifatida davom etsa kerak.

Shu paytgacha ta'lim va sog'liqni saqlash sohasidagi "negativ"lar nafaqat soha balki davlat imijiga ham ta'sir ko'rsatgani kunday ravshan. Endi bu dog'larni Turdimov ketkazishiga umid qilinmoqda.

Yangi vazir endi ma'lum hudud emas balki mamlakat, hatto dunyo miqyosida fikrlashi, atrofiga ham shundaylarni yig'ishi foydali bo'ladi. Endi uning qarorlari shaxslar va hududlar chegarasidan oshadi. Aytgan gaplari hudud emas mamlakat nomidan, millionlar tilidan bo'ladi.

Erkin Turdimovga katta siyosatda kuch va sabr tilayman!

Efirda "Tag'o taym"

@hamzajumayev
  • 🔥 9
  • ❤ 4
  • 👎 1
  • 😁 1
Post #1417 1.2K
Buxoro shahridagi o'zim o'qigan 25- maktabga bordim. 35 yil ortga qaytdim. Ustozlarni esladik. O'quvchilarning savollariga javob berdim. Maktabim kutubxonasiga 50 dan ortiq zamonaviy va klassik asarlarni topshirdim.

Endi har oyning eng kitobxon o‘quvchisiga stipendiya ajratatish niyatimni bildirdim.

#kitobxonmillat #yoshkitobxon #repost

@hamzajumayev
  • 👍 15
  • ❤ 4
  • 👏 3
  • 🔥 1
Post #1416 958
KICHIK HARFDA YOZMAYMAN, KO'ZINGIZ KETGAN. UZOQ YOZMAYMAN, ASABINGIZ KETGAN!

BIZ, BIZNING FARZANDLARIMIZ "YEGAN" BU KO'Z NURINGIZ VA ASABINGIZNI.

YILDA BIR KUN ESLANSANGIZ HAM HECH RANJIMAYDIGANLARIM, BAYRAMINGIZ BILAN USTOZLAR!

Efirda "Tag'o taym"

@hamzajumayev
  • 😁 12
  • 👏 9
  • 👍 6
  • ❤ 1
Post #1415 913
Бугун китоб ўқишингизга ажойиб сабаб бор.

Чунки бугун, 25 сентябрь Mutolaa иловасида «Омадли кун» деб эълон қилинди.

Қоида битта: иловада 5 дақиқа китоб ўқинг ва 1 ҳафталик Mutolaa Premium олинг. Шунингдек, 5 дақиқа китоб ўқиганлар орасидан бир кишига iPhone 17 Pro Max берилади.

Энг яхши томони, бугун совға олишингиз учун соатлаб китоб ўқиш, тест ечиш ёки мураккаб шартларни бажариш керак эмас. Шунчаки иловага киринг, китоб танланг ва атиги 5 дақиқа мутолаа қилинг. Бугунги 5 дақиқа нафақат совға олиш учун имконият, балки китоб ўқишни бошлаш учун ҳам яхши баҳона. Қолгани эса омаддан.

🔗 Mutolaa’га кириш учун ҳавола

@hamzajumayev
Telegram Mutolaa @yoshlaragentligi tomonidan tashkil etilgan Mutolaa loyihasi. Mutolaa - o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilova. Mutolaa vaqti keldi! Loyiha hamkori Xalq banki. Telefon raqam: +998770930139 Admin: @mutolaaxona_admin
  • 🔥 6
Post #1414 1.11K
Bir necha yil avval rahbarim menga yig'ilishni ijtimoiy tarmoqqa jonli ulashni buyurgan. Men bu ishni qilmayman, deganman. Rahbar ajablangan. Men soat 18.00 bo'lgani, bu paytdan keyin majlis bo'lganini ommaga ko'rsatish, arini uyasini kovlash bilan bir xil, deganman. Rahbarim, biz ishlayapmiz ku, buni nimasi xato, deb so'ragan. Men esa, ishlashingiz obro'ni oshiradi albatta, lekin ish paytidan keyin buni ko'rsatish, mehnat qonunchiligini mensimaslik deb sizni obro'sizlantirishga yetadi, deganman.

O'shanda rahbarim unga yo'q deganim uchun menga rahmat aytgan. Sen tomondan ham qarashim kerak ekan vaziyatga, deb javob qaytargan.

Ba'zida rahbarlar voqeaga faqat o'z rakursidan qaragani, hissiyotga berilgani uchun ham axborot xurujiga uchraydi. Shuning uchun axborot siyosati masalasida albatta o'z matbuot kotibiga buyruq berib emas, fikr so'rab ish tutishi muhim. Lekin, undan ham muhim masala shu ki, matbuot kotibi ham bilim va tajriba borasida fikr yoki qaror berish darajasida bo'lishi joiz.

Efirda "Tag'o taym"

@hamzajumayev
  • 👏 11
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #1411 946
Mutolaa иловасида “Латте омили” китобини ўқишни бошладим. Бу китобни аввалроқ ўзим дубляж қилган эдим. Жуда ҳам яхши китоб.

Лекин бу сафар жараённи янада қизиқарли қилиш учун иловада ўз «Марра» марафонимни ташкил қиляпман! Яъни китобни ёлғиз ўзим эмас, сизлар билан катта бир жамоа бўлиб бирга ўқимоқчиман. Кейин эса ўқилган боблар бўйича бемалол фикр алмашамиз, баҳслашамиз. Кўпчилик бўлиб ўқиш одамга бошқача мотивация ва тартиб беради.

Мутолаа режасини тақсимлаш ва кунлик назоратни илова тўлиқ автомат тарзда ўз зиммасига олади. Марафон якунида эса ажойиб имконият бор: вазифаларни муваффақиятли бажариб, тестдан энг яхши ўтган иштирокчилар орасидан 10 нафари бир йиллик Mutolaa Premium обунасига эга бўлади!

Агар сиз ҳам китоб ўқишни режа қилиб юрган бўлсангиз, вақтни бой бермай менинг «Маррам»га қўшилинг. Кетдик, бирга ўқиймиз!

@hamzajumayev
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • ❤ 1
Post #1410 1.09K
"Love is..." saqichi ortidagi sir...

"Love is..." saqichi, uning ichidagi samimiy rasmlar va muhabbat haqidagi sodda ta'riflar bilan butun dunyoga, jumladan, 1990-yillarda MDH mamlakatlariga ham juda mashhur bo'lgan. Biroq, bu yoqimtoy va beg'ubor rasmlar ortida g'amgin va ayanchli sevgi qissasi yotadi.

1960-yillarning oxirida yangi zelandiyalik rassom va multplikator Kim Kelli (Kim Casali) Los-Anjelesga ko'chib o'tadi. U yerda u italiyalik moliyachi Stefano Kasali (Stefano Casali) bilan tanishib, uni sevib qoladi.
Kim o'z tuyg'ularini so'z bilan ifodalashga tortinardi. Shuning uchun u Stefano uchun kichik salfetkalar va qog'oz bo'laklariga qora-sochli yigitcha va jingalak sochli qizchaning sarguzashtlari aks etgan kichik rasmlar (komikslar) chiza boshlaydi. Har bir rasm ostida u "Love is..." (Sevgi bu...) deb boshlanadigan va sevgining kichik daqiqalarini tasvirlaydigan iboralarni yozib qo'yardi (masalan: "Sevgi bu — u pishirgan ovqatni yoqmasa ham yeyish", "Sevgi bu — birga qarish").

Stefano bu sovg'alarni juda qadrlaydi va ularni asrab qo'yadi. 1971-yilda ular turmush qurishadi.

Stefano rafiqasining iqtidorini ko'rib, bu rasmlarni gazetalarda nashr etishni taklif qiladi. Komikslar birpasda mashhur bo'lib ketadi va Los Angeles Times gazetasida chop etila boshlaydi. Keyinchalik bu rasmlar futbolkalar, krujkalar, sochiqlar va oxir-oqibat Turkiyaning "Kent" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan saqichlar ichidagi stikerlarga aylandi.

Er-xotin baxtli hayot kechirib, ikki nafar farzandli bo'lishadi. Biroq, 1975-yilda oilaga og'ir musibat tushadi: Stefano Kasaliga saraton (rak) kasalligi tashxisi qo'yiladi.
Kim eriga qarash va uning yonida bo'lish uchun komikslar chizishni to'xtatadi. U komikslarni davom ettirish uchun britaniyalik rassom Bill Aspreyni (Bill Asprey) yollaydi.
Afsuski, barcha harakatlarga qaramay, Stefano 1976-yilda, bor-yo'g'i 31 yoshida vafot etadi.

Eri vafot etganidan keyin Kim boshqa hech qachon turmush qurmadi. U butun umrini bolalarini tarbiya qilishga va erining xotirasiga bag'ishladi.
1996-yilda Kim Kellining o'ziga ham saraton tashxisi qo'yildi va u 55 yoshida vafot etdi.

Bugungi kunda biz saqichlar ichida ko'rib yurgan "Love is..." rasmlari shunchaki sotuv uchun o'ylab topilgan marketing loyihasi emas, balki bir ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz va samimiy muhabbatining abadiylashgan timsolidir.

@hamzajumayev
  • 👍 16
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #1409 969
Mustaqillik bayramida 5 kun ishlaydiganlar 4 kun (29-avgustdan 2- sentabrgacha), 6 kun ishlaydiganlar 3 kun (30-avgustdan 2- sentabrgacha) dam oladilar.

2.09.2026 hamma uchun ish kuni.

Efirda "Tag'o taym"
@hamzajumayev
  • 👍 9
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1408 749
Eng qimmat suv

Suzishga boradiganlar yaxshi biladi. Odam tinimsiz suzgan sari og'zi quriydi, chanqaydi. Buning ustiga ertalab tura solib bir qoshiq zaytun yog'iga bitta vitamin D3 ni "zakuska" qilmaganmanmi, bir hovuz suv ichra biram suvsasam deng.

Sezgandek, qirg'oqqa kelishim bilan murabbiyim Farrux stakanda suv tutib turibdi ku. Buncha malades bu bola devordim. O'zi 3 qultum suv, lekin har borib qaytishimda bir ho'plamdan 3 martada tugatdim.

Natija ajoyib! 50 daqiqada 2000 metr.

Nega buni yozyapman? Bugun menga shunchaki yo‘l-yo‘riq emas, qiymat berildi. O‘z vaqtida odamini topib berilgan qiymat esa yuqori baholanadi doim.

Xuddi men 150 gramm suv uchun murabbiyimga 200 ming so‘m bilan javob qaytarganim kabi. 😉

Efirda "Tag‘o taym"
@hamzajumayev
  • 👍 8
  • 😁 4
Post #1407 718

Forwarded from Allaev Uz

Охирги ойларда солиқ мавзусидаги таклифлар кетма-кет келяпти. Омонат фоизларига солиқ. Дивиденд ставкасини кўтариш. Даромадга қараб даражали шкала. Ҳар бир таклифнинг ортида битта жумла турибди: бюджетга пул керак.

Ман бир неча ойдан бери Австрия иқтисодиёт мактабини ўқияпман. Ва ўқиган сари битта фикр аниқроқ бўляпти: асосий савол солиқ ставкасида эмас. Асосий савол харажатда.

Рақамлар билан кўрсатай.

30 июль куни Фискал таҳлил институти жисмоний шахсларнинг банк омонатлари фоизига 5 фоизли солиқ солиш ғоясини илгари сурди. Ҳисоб-китобга кўра, бу бюджетга йилига тахминан 1,4 трлн сўм келтириши мумкин. Рақам катта эшитилади. (Аниқлик учун: бу ҳали қонун лойиҳаси эмас, таҳлилий таклиф холос.)

Энди ёнига иккинчи рақамни қўяйлик. Шу йилнинг июлида 2026 йил учун консолидациялашган бюджет харажатлари прогнози 567,7 трлн сўмдан 638,4 трлн сўмгача оширилди. Битта тузатишда — 70,7 трлн сўм.

Яъни омонатчилардан йиғилиши кутилаётган бутун бошли янги солиқ, харажатларнинг битта қайта кўрилишидан тахминан эллик марта кичик. Ўша тузатишни қоплаш учун эллик йил давомида омонат фоизидан ушлаб қолиш керак бўлади.

Ман таклиф муаллифларини айбламоқчи эмасман — уларнинг иши ҳисоблаш. Ман бошқа нарсани айтмоқчиман: идишга сув қуйиш тезлигини ошириш ўрнига, аввал тешикни қидириш керак.

Австрия мактаби айнан шу нуқтада қатъий туради. Мизеснинг фикри содда: давлатнинг ўз пули йўқ. У кимгадир бермоқчи бўлган ҳар бир сўмни аввал бошқа биров дан олиши шарт. Демак давлатнинг ҳақиқий оғирлиги — у қанча солиқ йиғгани эмас, қанча сарфлагани. Солиқ ставкаси эса шунчаки ҳисобни ким тўлашини тақсимлайди. Ҳисобнинг ўзини эмас.

Ҳайек «Эркинлик конституцияси»да прогрессив солиққа бутун бир боб ажратган. Унинг хулосаси кутилмаган: прогрессив шкала бюджетга ваъда қилинганидан анча кам пул келтиради, чунки юқори ставкага тушадиганлар доим оз сонли бўлади. Лекин у бир нарсани кафолатлайди — кўпчилик озчилик учун ставка белгилаш ҳуқуқини қўлга киритади. Ва бу ҳуқуқни чеклайдиган ҳеч қандай принцип қолмайди. 30 фоизми, 45 фоизми, 60 фоизми — жавоб фақат овоз бериш билан аниқланади, ҳисоб-китоб билан эмас.

Омонатга солиқ масаласида эса капитал назарияси ишлайди. Ҳар қандай ишлаб чиқариш занжири жамғармадан бошланади: кимдир бугун истеъмол қилмайди, пулини қолдиради, ўша пул завод, склад, дастур ва иш ўрнига айланади. Жамғармага солиқ солиш — занжирнинг бошига солиқ солиш. Беҳзод Ҳошимов буни жуда аниқ айтган: уруғликни эмас, ҳосилни солиққа тортиш керак.

Бизда эса уруғликнинг ўзи етишмайди. Июнь ҳолатига аҳоли омонатлари 178 трлн сўм — ЯИМнинг атиги 9 фоизи. Қозоғистонда бу кўрсаткич 17 фоиз, Арманистонда 29, Чехияда 50. Биз жамғармаси ортиқча мамлакат эмасмиз. Ва етишмайдиган нарсага солиқ солиш — ғалати стратегия.

Бу ҳолат манга таниш, чунки бизнесда деярли ҳар йили шу танлов олдида тураман.

Asaxiy'да маржа сиқилганда икки йўл бўлади: нархни кўтариш ёки харажатни камайтириш. Биринчи йўл осон кўринади — таблицада битта катакни ўзгартирасан, натижа дарҳол чиқади. Лекин у фақат таблицада ишлайди. Реалда харидор нархни кўради, саватни ташлаб кетади ва рақобатчига ўтади. Буни ўз тажрибамизда бир неча марта кўрганмиз.

Шунинг учун иккинчи йўлга қайтамиз: логистика, ижара, харид шартлари, ортиқча жараёнлар. Узоқ, зерикарли ва ноқулай иш. Ҳеч ким уни ёқтирмайди. Лекин компанияни ўшагина сақлаб қолади.

Давлат билан бизнес ўртасидаги асосий фарқ ҳам шу ерда. Бизнесни бозор мажбурлайди. Давлатни ҳеч ким мажбурламайди — у нархни қонун билан кўтара олади ва харидор кетиб қола олмайди. Тўғрироғи, кетиб қолади, фақат бошқа йўл билан: нақд пулга, долларга, олтинга, кўчмас мулкка, кўланка иқтисодиётга. Бозорни қонун билан мажбурлаб бўлмаслигини биз аллақачон бир неча марта кўрганмиз.

Ман солиқ керак эмас демаяпман. Мактаб, шифохона, йўл — буларнинг ҳаммаси пул талаб қилади.

Ман фақат саволнинг тартиби нотўғри деб ўйлайман.

Ҳозирги савол: «Яна қаердан, қанча олсак бўлади?»

Тўғри савол: «Бу пулнинг ҳаммаси ҳақиқатан ҳам керакми?»

Иккинчи саволга ҳалол жавоб берилса, биринчи савол кўп ҳолларда ўз-ўзидан ортиқча бўлиб қолади.
  • 👍 12
  • 👏 4
  • ❤ 3
  • 🔥 3
Post #1406 632
"DOD" karta

Istanbul taksilarida yo‘lovchilar eshigining har birida shunaqa yorliq yopishtirish majburiy ekan. Bu sog‘lom va ko‘rishi cheklangan fuqarolarga safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar, favqulodda holatlar, haydovchi bilan nizolar haqida murojaat qilish imkoniyatini berar ekan.

Taksichidan so‘radim, mabodo chet ellik qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lsa yu, unda mahalliy aloqa kartasi bo‘lmasachi? Uning aytishicha bu raqamlar istalgan mobil qurilmadan terilsa ulanar ekan. Xuddi "SOS" tugmasi kabi.

Bu raqamlar yana do‘konda sizdan ko‘proq haq olishsa, mehmonxonada xizmatdan ko‘nglingiz to‘lmasa, xullas isteʼmolchi sifatida har qanday huquqingizni himoya qilish uchun joriy qilingan ekan. Xuddi bizdagi monopoliyaga qarshi kurashish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti singari.

Kasbim taqozosi, yana qiziqdim, shuni ham sotib olgan bo‘lsanglar kerak-a? Yo‘q, taksini ro‘yxatdan o‘tkazgani hokimiyatga borganda tekinga berishadi, degan javob oldim.

Mabodo, bizda ham kimdir shundan soqqa qilsam bo‘ladi, chet el tajribasi deb sekin yedirvoraman, deb o‘ylasa, bilib qo‘ysin, chet elda bu tekin!

Efirda "Tag‘o taym"
@hamzajumayev
  • ❤ 8
  • 😁 5
Post #1405 587
Xavotirim.

Bir narsa haqida ko‘p o‘ylayapman. Bugun biz yoshlar ongiga, birov emas o‘zini o‘ylash mafkurasini singdiryapmiz. Yaʼni, sen hech kimga majbur emassan, birovning qosh-qovog‘iga qarab ishlashing shartmas, o‘zingni o‘yla, o‘zingni sev, va hokazo...

Bundan tashqi olamdan izolatsiyaning hidi kelmoqda. Tasavvur qiling, bizning ota-onamiz xuddi shu g‘oya bilan yashaganida biz hozir qanday odam bo‘lardik? Hamma o‘z "ego" sini birinchi o‘ringa qo‘ysa, hammayoqni alg‘ov dalg‘ovi chiqardi.

Bu kabi taʼsirlar yoshlarni masʼulaiyatdan qochishga undaydi, jamiyat, yaqinlar oldidagi burchlarini bajarishga to‘sqinlik qiladi.

Balki alohida holatlarda bu qoidalar ish berar, lekin umumiy maʼnoda men bunday "ultramodern" tarbiya usullariga qarshiman. Siz chi?

Efirda "Tag‘o taym"
@hamzajumayev
  • 👍 21
  • 👎 2
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #1403 804
"Istanbulcha" manipulyatsiya

Kecha oqshom piyoda sayrga chiqqanimizda bir ahmoq bola samokatda uchib yonimizdan o‘tayotganda sababsiz signal chaldi. Tabiiy, ki cho‘chib tushdik. Uzoqlashdi, qaytib kelib bu safar bezlarcha ko‘zimizga qarab signal chaldi.

O‘g‘illar qiziqqon emasmi, yo‘lini to‘sib adabini beramiz, deb chog‘landi. Men shoshmanglar chi, deb yana kelganida to‘xtatdim. Nima gap, deb so‘radim, u esa o‘g‘limni ko‘rsatib, manga qaradi, dedi. Kuldim, ko‘z bo‘lganidan keyin qaraydi da, shunga asabga tegib signal chalyapsanmi, dedim.

Bezori bola ya uzoqlashdi va qaytib kelib yana signal chaldi. Endi meniki qo‘zidi. Kel buyoqqa dedim. Borsam nima qilasan urasanmi meni, dedi. Kel, ko‘rasan, dedim. Hozir pastga tush, ko‘raman seni dedi va biz yurayotgan tomonga qochib qoldi. Ketayotib bir nimalar, deb so‘kindi.

Sal naridan biz tomonga kelayotgan turistlar oldiga borgach yana signal chaldi. Bu safar, ulardan dakki eshitdi. Shunda sezib qoldim ki, bu yerdan manipulyatsiya hidi kelyapti. Chet elliklarni tuzoqqa tushirib, tor qorong‘u yo‘lakda bor-budini shilishga harakat degan xulosaga keldim. Bo‘lmasa, hali voyaga yetmagan, boz ustiga umuman hech balodan hayiqmaydigan bola bu ishni birinchi marta qilmayotgani aniq sezilib turardi. O‘zi ham yo qaysidir viloyatli, kurd yoki suriyalik edi. Shevasidan sezdim.

Xullas, biz bilan jiddiy nizo qila olmagan bola ko‘zdan yo‘qoldi. Biz esa eson omon mehmonxonaga yetib oldik.

Istanbulga kelganda "yo‘q joydan muammo" chiqsa hushyor bo‘ling! Bu tuzoq!

Efirda "Tag‘o taym"
@hamzajumayev
  • 👍 21
  • ❤ 3
Older posts →

About this channel

How can I read @hamzajumayev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ТАҒО ТАЙМ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ТАҒО ТАЙМ have?
ТАҒО ТАЙМ (@hamzajumayev) has 1.46K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ТАҒО ТАЙМ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →