TGViewer
HackUnicorn HackUnicorn @hack_unicorn · 393 subscribers
Post #108 1.11K

Forwarded from Alisher Sadullaev

⚡️Yoshlar oromgohida ilk bor o‘tkazilgan HackUnicorn o‘quv oromgohi MVP bosqichidagi startap loyihalarni moliyalashtirish uchun zo‘r imkoniyat yaratdi.

Oromgohda 103 ta jamoa o‘zining startap loyihalari bilan ishtirok etdi. Ular orasida OvozAI, QadamAI, EduCompass, TopCoach, Maytab, Domloo, EduCheck, Tokcha, Akam, Teamwork va Robocontest kabi istiqbolli loyihalar ham bor edi.

Eng quvonarlisi, yoshlarimiz Stanford bitiruvchisi va Y+Ventures asoschisi Jing Quang, MyTaxi va NumeoAI asoschisi Akmal Paiziev, McKinsey vakili Filip Johnston, IT Park konsultanti Usmon Raximjanov hamda Startup Garage asoschisi Muhammad Xalil kabi tajribali mentorlardan eng zarur bilimlarni olishdi.

Oromgoh yakunida 10 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olindi. 3 tasi Sarmo VC, 7 tasi esa Yoshlar Ventures jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu oromgohning eng katta natijasi.

@alisher_sadullaev
  • 🔥 14
  • ❤ 11
  • 👍 4
More from @hack_unicorn
  1. Aug 6, 2025“Hack Unicorn” startap oromgohi: startaplarni MVP’dan biznes modelgacha Efir: 05.08.2025 |…
  2. Aug 6, 2025Yoshlar uchun innovatsion startap oromgoh ishga tushdi muxbir: Zilola Hakimjonova #Toshken…
  3. Aug 4, 2025Post #105
  4. Aug 4, 2025Post #104
  5. Aug 4, 2025Post #103
  6. Aug 4, 2025Post #102
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →