#ekskursiya
To‘ra Sulaymon merosi: shoir hayoti va ijodiga sayohat
To‘ra Sulaymon – o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shoirlardan biri. Uning she’rlarida Vatanga muhabbat, ona yurt go‘zalligi, inson qadri, mehr-oqibat va xalqona ruh muhim o‘rin tutadi.
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari ijodkor uy-muzeyida bo‘lishdi. Uy-muzeyga sayohat davomida shoirning hayoti, ijodiy faoliyati va adabiy merosi haqida ma’lumot olishdi.
Uy-muzeyda saqlanadigan shaxsiy buyumlar, kitoblar, qo‘lyozmalar va fotosuratlar shoirning hayotini yanada yaqinroq tasavvur qilishga yordam berdi.
@gulduuz
Post #48803
953






