TGViewer
GulDU.uz | Rasmiy kanal GulDU.uz | Rasmiy kanal @gulduuz · 7.85K subscribers
Post #48751 842
2026-yilning 16-oktabr kuni Sanʼatshunoslik fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida “Odatlar hayotimizni oʻzgartiradi” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani A.Bobojonov hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Normurodovlar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Ma’rifat darsida inson hayotida kundalik odatlarning o‘rni, kichik qadamlar orqali katta natijalarga erishish, o‘z ustida muntazam ishlash va qat’iyatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Shamsiddin Vohidovning g‘alaba formulasi, Nurbek Alimovning 639 kunlik tajribasi hamda Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobidagi hayotiy misollar asosida talabalarga foydali odatlarni shakllantirish va vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Dars davomida talabalarga muvaffaqiyat tasodifiy emas, balki izchil harakat, intizom va to‘g‘ri odatlar natijasi ekanligi ta’kidlandi.

@gulduuz
More from @gulduuz
  1. Oct 16, 2026#xalqaro_hamkorlik #forum O‘zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlarining II forumi b…
  2. Oct 16, 2026#forum Ozarbayjon Respublikasida “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik”…
  3. Oct 16, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →