⚡️ Tadbirda fakultet dekani B.Toshboyev , dekan o‘rinbosari J. Jumanovlar ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom hayot tarziga amal qilishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
⚡️ Davra suhbatida fakultet talabalari hamda tyutorlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashdilar.
⚡️Sog‘lom avlod — yurt kelajagi, zararli illatlardan yiroq hayot esa farovon kelajak garovidir!






