2026-yil 12-okty
abr kuni Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarni sportga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus” musobaqasi doirasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport musobaqasi talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, jamoaviy hamkorlik, do‘stlik va o‘zaro birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Bunday sport tadbirlari yoshlarning salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.








