#profilaktika
“Giyohvandlik — umr zavoli”: futbol musobaqasi tashkil etildi
2026-yil 12-oktyabr kuni Guliston davlat universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi doirasida “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori A.Usmonov tomonidan tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni sportga keng jalb etish orqali giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olishdan iborat.
@gulduuz
Post #48523
1.07K






