TGViewer
Channel Public Channel
GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali

GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali

@guldu_manaviyat

Guliston davlat universitetining yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rasmiy kanali
Subscribers
1.63K
Photos
31.7K
Videos
1.2K
Links
1.3K
Recent Posts 4 shown
Post #35777 118
📚 KITOBXONLIK VA SPORT — SOG‘LOM HAYOT GAROVI! 🏆

Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy kamolotga erishishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Kitob — ma’naviyat manbai, sport — salomatlik garovi!
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Post #35776 144
#GulDU#Yoshlar_ittifoqi #Talabalar_oqshomi

✨Guliston davlat universitetida unutilmas "Talabalar oqshomi"

🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi" doirasida bayramona kecha tashkil etildi.

🎵 San’atshunoslik fakulteti talabalarining konsert dasturi barchaga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi, shu bilan birgalikda qiziqarli o'yinlar ham tashkil etildi.

📌Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar kengashi a’zolari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarida faol ishtirok etgan Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Yoshlar yetakchilar va koordinatorlariga sertifikat hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
  • 🔥 1
Post #35766 131
#bellashuv

“Tarix — kelajak ko‘zgusi”: bilimdonlar bellashdi

2026-yil 16-oktabr kuni talabalar turar joyida talabala-yoshlar ishtirokida “Tarix – kelajak ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularda tarixiy tafakkur, mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy tariximizga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda turli bosqich talabalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Tamaddun”, “Yuksalish”va “Turon” jamoalari tomonidan “Mental xarita”, “Siz kimsiz?” va “Rasm ortidan izla” kabi qiziqarli intellektual shartlar tayyorlandi.

Musobaqa davomida jamoalar tarixiy voqealar, buyuk tarixiy shaxslar va sivilizatsiyalar taraqqiyotiga oid bilimlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, “Mental xarita” sharti talabalarning tarixiy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash va tizimli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

“Siz kimsiz?” hamda “Rasm ortidan izla” shartlari esa tarixiy shaxslar va voqealarni belgilar hamda tasvirlar asosida aniqlash, tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Sirli nominatsiya” ham tashkil etilib, unda “Eng sarishta xona” aniqlandi. Ushbu nominatsiya talabalar o‘rtasida ozodalik, tartib-intizom va turar joy madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan intellektual bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Yuksalish” jamoasi;
2-o‘rin — “Turon” jamoasi;
3-o‘rin — “Tamaddun” jamoasi.


G‘olib jamoalar bilim va ma’naviyatning bebaho manbai bo‘lgan tarixiy hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

@gulduuz
Post #35761 190
2026-yil 16-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti talabalari teatrga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, teatr san’ati orqali estetik didini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Teatr tomoshasi davomida talabalar sahna asarining mazmun-mohiyati, aktyorlarning mahorati va teatr san’atining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif talabalarning madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda san’atga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qildi.


https://t.me/www_artgallery_uz
Older posts →

About this channel

How can I read @guldu_manaviyat without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali have?
GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali (@guldu_manaviyat) has 1.63K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does GulDU ma'naviy-ma'rifiy kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →