REKTOR ISHONCHI — YOSHLARGA KUCH, TASHABBUSLARGA QANOT!
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida institut rektori boshchiligida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi yoshlari ishtirok etdi. Muloqotda 2026–2027-o‘quv yilida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, koordinatorlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda talabalar manfaatlarini ifoda etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Institut rektori yoshlarning takliflarini tinglab, ularning yetakchilik salohiyati va tashkilotchilik qobiliyatini amaliy natijalarga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashining tegishli xulosasi asosida 2026–2027-o‘quv yilida faoliyat yuritish uchun saralangan yoshlarga institut rektori tomonidan koordinatorlik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Bildirilgan ishonch — yoshlar uchun yuksak e’tirof, ayni paytda katta mas’uliyatdir.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook








