TARIXIY-MADANIY MEROSNI TADQIQ ETISHDA FANLARARO HAMKORLIK: ILMIY QARASHLAR VA ISTIQBOLLI YONDASHUVLAR
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda institut rahbariyati, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Guliston davlat pedagogika institutining yetakchi olimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida arxeologik manbalardan muzey faoliyatida foydalanish, Sharq xalqlarining badiiy-madaniy merosi, qadimgi dehqonchilik tarixi, tarixiy madrasalar faoliyati, qoyatosh tasvirlari, me’moriy yodgorliklar va ularning san’at asarlaridagi talqini kabi dolzarb ilmiy masalalar muhokama qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
Post #34326
620








- 👍 5
- ❤🔥 1